Bir otaxon bog‘da aylanib yurgan ekan. Yonidan bir chiroyli ketvorgan qiz o‘tib kolibdi.
Shunda otaxon:
— To‘xta qizim, bir quchoqlay 100 dollar beraman, - debdi.
Qiz:
— Yo‘qolingey, qanaqa bemaza cholsiz, - deb javob beribdi.
Otaxon esa:
— 500 dollar beraman, - debdi.
Qiz:
— Jinnimisiz? - debdi.
Otaxon:
— 1000 dollar beraman, - debdi.
Qiz o‘ylanib qolibdi-da:
— Unday bo‘lsa mayli, - deb ruxsat beribdi.
Otaxon qizni quchoqlagan holda xo‘rsinarmish.
Qiz:
— Bobo nega xo‘rsinasiz, niyatingizga yetdingiz-ku?! - deb so‘rabdi.
Shunda otaxon:
— Endi 1000 dollarni qayerdan topaman? - dermish
Bir yigit suhbatdan o‘tmoqda:
— Nima ish qila olasiz?
— Chuqur kavlay olaman.
— Yana-chi?
— Kavlamasligim ham mumkin.
Jizzaxlik bir sodda bola Moskvaga amakisinikiga borayotgan ekan. Moskvaga yetib boribdi. Hojatxonaga borsa: "J" va "M" harflari turganmish.
Bola:
— Jizzaxliklar "J"ga, Moskvaliklar "M"ga kiradi, deb o‘ylabdi va "J"ga kirib ketganmish...
Afandi bir kuni to‘yga bordi. Uning yonida o‘tirgan bir savdogar ochofatlik qilib yeganiga qanoatlanmay, dasturxondagi qand-qurslardan olib, cho‘ntaklarini to‘lg‘azdi. Afandi buni ko‘rib yonida turgan choynakni oldi-da, sekin uning cho‘ntaklariga quya boshladi. Savdogar payqab qolib, jahl aralash Afandidan so‘radi:
— Nega cho‘ntagimga choy quyyapsiz?
— Cho‘ntagingiz qand-qursni ko‘p yeb chanqab qolgandir,— dedi Afandi.
Judayam ziqna boy bo‘lgan ekan. Bir kuni qo‘shni qishloqqa oshnasinikiga mehmonga boribdi. Endi o‘tirgan ekan, uydagi shamni o‘chirib keldimmi yo‘qmi, degan savol qiynay boshlabdi. Borib kelay desa yo‘l uzoq, bormay desa shamni erib qolishini o‘ylab yuragi uvishib ketibdi. Oxiri chidolmay yo‘lga tushibdi. Xalloslab uyiga kelib, eshikni taqillatibdi. Xotini chiqib, eshikni ochmoqchi bo‘lgan ekan...
Boy:
— Eshikni ochma, hadyeb ochib yopilaversa eshik yemirilib ketadi. Uydagi shamni uchirib qo‘y, shuni aytishga kelgan edim. Men shundoq izimga qaytib ketaman. Tayyor oshdan qolmay.
Xotini:
— Voy dadajonisi-yey, menku shamni allaqachon o‘chirib qo‘yganman, siz shu gapni aytish uchun shuncha yo‘l bosib keldizmi, kovushingizni tagini yemirib?
Boy:
— Xavotir olma xotin, kovushim qo‘ltig‘imda!

Ishdan qaytgan er ovqatlanishga o‘tirsa, xotini so‘rabdi:
— Paypog‘ingizni almashtirmadingizmi?
— Almashtirdim, - debdi eri.
— Ishdan kiyib kelgan paypoqni yeching! - debdi yana xotini.
— Yechganman xotin, - desa, xotini:
— Unda nega bunaqa hid kelyapti? - debdi.
Eri:
— Shunaqa qilishingni bilib, yechgan paypog‘imni cho‘ntagimga solib olgan edim, ko‘rsataman deb, mana, - dermish eri.

Rahbarining imzosini qo‘yib o‘rgangan buxgalter, ishdan bo‘shagach rahbarini nomiga beshta kredit olishni uddalagan ekan.
Agar qo‘l telefoningizni quvvati ish kunining oxiriga kelib 95%ni ko‘rsatayotgan bo‘lsa, demak shu kuni rostan ham ishlangansiz.
Ota o‘g‘liga:
— Sen pianinoda ko‘proq mashq qilishing kerak.
O‘g‘li:
— Bundan ortig‘i bo‘lmaydi. Butun podezd ko‘chib ketdi-ku.
Aqlli ota o‘g‘li maktabda so‘kinib gapirmayotganini tekshirish uchun bolg‘a bilan o‘g‘lini barmog‘iga urib ko‘radi.