Ba’zi qog‘ozdagi hisobotlar strelkasiz soatga o‘xshaydi.
Raqamlar bor-u, ma’nosi yo‘q!
Boy amaldorning o‘g‘li mashinasida 2 kishini urib yuboribdi. Biri mashinaning old oynasiga urilibdi. Ikkinchisi esa yo‘l chetidagi ariq ichiga tushib ketibdi.
Sud ishi ko‘rib chiqilib, hukm o‘qilayotganmish:
“Birinchi piyoda mashinaning old oynasini sindirgani uchun 2 yilga, ikkinchi piyoda voqea joyidan yashiringani uchun 3 yilga ozodlikdan mahrum etilsin!”
Erdan xotiniga SMS:
— Xotin, ishxonada oyog‘imga temir tushib ketdi. Maftuna shifoxonaga olib keldi. Endi oyog‘imni kesishar ekan...
Xotindan SMS:
— Maftuna kim?!
To‘ydan bir oy o‘tgach kelin uyda qaynona-qaynotasi, hech kim yo‘q fursatni kutib, kuyovni yoniga kelib debdi:
— Azizim, to‘yimizdan avval menga e’tiborli edingiz. Sovg‘alar olib berar edingiz, restoranlarga olib borar edingiz...
Endi bo‘lsa, na kino yo‘q, na ko‘chaga chiqmayman, sovg‘alardan umuman nom-nishon yo‘q!
Kuyov bo‘lsa:
— Qiziqmisan!? Qaysi baliqchi qarmog‘iga ilingan baliqni chuvalchang bilan boqib yurganini ko‘rgansan? – degan ekan.
Ruhiy kasallar shifoxonasiga borgan psixolog hammani yig‘ib, doskaga mashinani rasmini chizibdi-da, debdi:
— Kim shu mashinaga birinchi bo‘lib o‘tirib olsa, uyga ketaveradi.
Hamma jinnilar doskaga qarab yuguribdi. Faqat bittasi joyidan turmabdi.
— Sen nega turmading? - deb so‘rashsa, boyagi jinni:
— Kalit menda-ku, - degan ekan.
Ota o‘g‘liga debdi:
— O‘g‘lim, maktabdagi baholaringni qachon to‘g‘rilaysan?
— Harakat qilyapman adajon. Lekin ustozim bir daqiqaga ham jurnalni tashlab chiqib ketmayaptilar-da...
Bir chol ko‘p qavatli uyning to‘qqizinchi qavatida yashar ekan. Uyiga chiqishda hecham liftdan foydalanmas ekan.
Shunda bir qo‘shni kuzata turib:
— Otaxon, tayyor lift turib, nega nuqul zinadan chiqasiz?, - desa, chol:
— E, bolam! "Lift to‘rt kishi uchun" deb yozib qo‘yilgan. To‘rt kishini qayerdan topaman? - dermish.
Tabiatda 25 gradus sovuqqa ham chidaydigan uchta mavjudod bor:
1. Pingvinlar
2. Oq ayiqlar
3. Mini yubka kiygan olifta qizlar!
Bir yigitni akasi Rossiyadan telefon qilib:
— Voy uka, men bu yerda onamni ko‘rib yuribman, - debdi.
Ukasi bo‘lsa:
— Men onamni oldidaman. Meni ham ko‘ryapsizmi?!, - dermish.
Mashhur aviakompaniya yangi uchuvchilarni ishga olish maqsadida nomzodlarni suhbatga chaqiribdi.
Suhbatga birinchi bo‘lib nemis kiribdi:
— Nechi yildan buyon uchasiz?
— Uch yil.
— Qancha maosh olishni xohlardingiz?
— Uch million. Bir million o‘zimga, bir million xotinimga va bir million sug‘urtaga.
Suhbatga ikkinchi bo‘lib ingliz kiribdi.
— Nechi yillik tajribangiz bor?
— Olti yillik.
— Maoshingiz qancha bo‘lishini xohlaysiz?
— Olti million. Ikki million o‘zimga, ikki million xotinimga va ikki million sug‘urtaga.
Uchinchi bo‘lib suhbatga rus kiribdi:
— Nechi yildan beri parvoz etasiz?
— Ey, men umuman balandlikdan qo‘rqaman. Lekin to‘qqiz million olishni istayman. Uch million menga va uch million sizga...!
Aviakompaniya direktori aqldan ozay debdi. Hayratlanib yana so‘rabdi:
— Unaqada kim uchadi?
— Nemis-da! Axir u uch millionga rozi-ku!