— Lotoreyada pul yutib olsam nima qilasan?
— Voy adasi, pulni yarmini bersangiz, hamma aytgan ishlaringizni qilib qo‘yardim.
— Juda yaxshi! Lotoreyadan 100 ming so‘m yutuq chiqdi. Mana 50 ming. Hovlidagi qorlarni tozala, mashinamni yuvib qo‘y, bozorga borib ro‘zg‘or qilib kel!
Ko‘p qavatli uyda yashaydigan yigit do‘stini xonadoniga mehmonga chaqiribdi. Do‘sti qarasa, devorda katta temir tog‘ora osilib turgan ekan.
— Bu nimaga kerak? – deb so‘rasa, do‘sti debdi:
— Bu gapiradigan soat, mana qara, - deb tog‘orani qattiq ursa devor ortidan qo‘shnisini: “Ming la’nat, 3 dan 15 daqiqa o‘tdi” degan ovozi eshitilibdi.
Ota uylanish taraddudida bo‘lgan o‘g‘liga debdi:
— To‘yni iloji boricha ortga surishing kerak.
O‘g‘il:
— Nega ada? Qudalaringiz nima deydi?!
Ota:
— Kim nima desa desin. Harna o‘ynab-kulib yashab qolgin deyman-da...
Qayumov Ahad degan bir yigit sinfdoshlaridan hech qachon avval familiyasi keyin ismini aytib chaqirmaslikni iltimos qilibdi.
Bir o‘g‘ri oltin baliqni tutib olibdi.
— Tila tilagingni! Xohlagan narsangni muhayyo qilaman, - debdi baliq.
— Qo‘lingdan nima keladi o‘zi? - debdi o‘g‘ri.
— Hamma narsa. Mana masalan kecha bir yigit mendan 100 ming dollar so‘radi, berdim, - debdi baliq.
O‘g‘ri o‘ylanib turib:
— Shu yigitni uy manzilini ber menga, - degan ekan.
Sudya:
— Nega siz nuqul kunduz kuni o‘g‘irlik qilgansiz?
Ayblanuvchi:
— Kechasi ko‘p pul bilan yurishga qo‘rqaman-da.
Bola adasiga:
— Siz uyda kimsiz?
Adasi:
— Men bu uyda direktorman.
Kunlarning birida bola adasiga:
— Ada, siz xizmat safariga ketganingizda uyimizga yangi direktor keldi...
Ikki talaba suhbatidan:
— Tinchlikmi, nega xomushsan?
— Sevgan qizimga iPhone 11 olib berish uchun 1 yil pul yig‘gan edim. Kecha shu pulga ovqat olib yeb qo‘ydim.
— Ovqat? O‘zi nechi pul yig‘gan eding?
— 18 ming so‘m.
Qizi:
— Ada, men do‘stimni uyiga dars tayyorlagani ketyapman.
Otasi:
— O‘yda o‘tir! Hech qayerga bormaysan! Onang ham 15 yil oldin biznikiga dars tayyorlagani kelgan edi, haligacha ketkazolganim yo‘q!
Bog‘cha bolalari kasallikka qarshi emlanibdi. Bir bolakay spirtli paxtasini olib hidlayotganmish.
— Nega unaqa qilyapsan? - deyishsa, bolakay:
— Adamni hidi kelyapti, - dermish.