Boyliklari behisob, o‘ta badavlat qariya xizmatkoridan so‘rabdi:
— Ayt-chi, nega yosh va chiroyli qizlar menga turmushga chiqishga bunchalik shoshilmasa?!
Xizmatkori:
— Eh... Ular aslida tezroq beva qolishga shoshilishmoqda!
Yigit qizni yoniga kelib debdi:
— Yaxshi qiz kimsiz, qayerliksiz?
— Go‘zal pariman! Oydan tushdim…
— Unda yuzingiz bilan tushibsiz-a!?
Talaba burga ustida tajriba oʻtkazmoqda. Uni stol ustiga yotqizib qoʻyib, buyuribdi.
— Sakra!
Burga sakrabdi. Talaba uni tagʻin tutib, bir oyogʻini uzib olibdi. Soʻng stolda qoʻydi-da, buyuribdi:
— Sakra!
Burga bu safar ham sakrabdi. Talaba uni yana tutdida, qolgan oyogʻini ham uzib olibdi.
— Sakra!
Burga qimirlamay turaveribdi. Shunda talaba daftariga yoza boshlabdi: “Tajribalar shuni koʻrsatdiki, burganing eshitish organlari panjasida boʻlar ekan. Agar oyoqlaridan judo etsangiz, u qip qizil karga aylanadi-qoladi.
Salom do‘stim! Bormisan, qancha bo‘pti seni uchratmaganimga?!
— Borman! Bir yil, uch oy, ikki hafta bo‘ldi mendan qochib yurganingga... Olgan qarzingni qachon qaytarasan, nomard?!
Ikkita dugona uchrashib qolishibdi. Birinchi qiz maqtanishni boshlabdi:
— Yigitim menga tilla uzuk sovg‘a qildi.
— Ajoyib-ku. Tabriklayman!
— U menga yana mashina ham sovg‘a qildi.
— Ajoyib-ku. Tabriklayman!
— O‘zingda nima yangiliklar?
— Etika kurslariga qatnashyapman. "Aldama, tentak" so‘zini o‘rniga "Ajoyib-ku. Tabriklayman!" deyishni o‘rganib oldim.
Bir ayolning hushtori uyidaligida, eri kelib qolibdi. Hushtor kiyimlarini olishga ham ulgurmay, derazadan qochib qolibdi. Yaqin o‘rtada park bor ekan. Parkka kirsa o‘ziga o‘xshagan kiyimsiz haykal borakan. U ham haykalni yoniga kelib, qimirlamay qotib tursa, yonidagi haykal:
— Ey, ahmoq! Paypog‘ingni yechib tashla. Qayerda ko‘rgansan paypoq kiygan haykalni?, - debdi.
Qiz bilan yigit xiyobonda aylanib yurishgan ekan. Daraxtzorlar orasiga kirganda yigit qizni qo‘lidan ushlab:
— Jonim, xohlaysanmi senga yoshligimda kesib tashlashgan joyni ko‘rsataman?
Qiz qizarib yerga qarab:
— Qo‘ying uyalaman, to‘ydan keyin ko‘rsatarsiz.
— Bunga to‘yni nima aloqasi bor, hozir ko‘raver. Ko‘ryapsanmi xo‘v, anavi daraxtlar orasida ko‘rinayotgan binoni, o‘sha bino klinika. Yoshligimda o‘sha joyda ko‘richagimni kesib tashlashgan...
Oldinlari supermarketga 2 ming so‘m bilan kirib, 2 ta kola, 3 pachka chips, 2 quti pista olib chiqardim.
Hozir hamma yoqqa kamera qo‘yib tashlashibdi...

Talaba yigit yozgi sessiyalardan so‘ng otasiga telefon qilib:
— Dada, "Beshikdan qabrgacha ilm izla" deb aytar edingiz...
Otasi:
— Ha, o‘g‘lim shunday. Nimaga so‘rayapsan?
O‘g‘li:
— Men yana imtihonlardan o‘ta olmay, keyingi yilga qoldirildim.

Hurmatli rahbarlar!
Iltimos aniq aytinglar, maktablarda o‘qish boshlanadimi yo‘qmi!? Bolalarim pod’ezdda turibdi. Maktabga borishsinmi yoki uyga kirishsinmi, bilmay qoldik!