Xotin eriga debdi:
— Shu o‘lgur sigaretni chekmasangiz, hozir Malibuda yurgan bo‘lar edingiz...
Er xotiniga qarab turib javob beribdi:
— Sen chekasanmi?
— Yo‘q, - debdi xotini.
— Unda Malibu qani? – dermish.
— Oyijon, gaz plitamiz nega buncha kir bo‘lib ketdi?
— Akang tuxum qovuribdi.
— Nima, akam tovani topolmabdilarmi?
O‘g‘li otasidan so‘rabdi:
— Ada, odamlar qanday paydo bo‘lishgan?
Otasi debdi:
— Odam ato va Momo havodan...
— Oyim hamma odamlar maymundan tarqalgan deydilar-ku?! - debdi o‘g‘li.
— Oyingni qarindoshlari haqida hech nima bilmayman, - dermush adasi.
O‘qituvchi o‘quvchilarga:
— Kim 2 yoki 3 baho olsa, to‘g‘ri do‘zaxga tushadi. Kim 4 yoki 5 baho olsa, jannatga...
— Vali o‘rnidan turib:
— Ustoz maktabni tirik tugatishga umid bormi?
— Allo, o‘rtoq men uylanyapman!
— Kimga?
— Shuncha yildan beri kimni tanisam, o‘shanga-da...
— Tentak. Menga uylana olmaysan-ku axir!
— Adasi, ancha sovuq tushib qoldi. Bolalarni kiyintirish kerak! Qachon bozorga olib borasiz?
— Kecha hisoblab ko‘rdim. Bolalarni issiq o‘lkalarga uch oyga yuborsak arzonroq tusharkan, xotin...
Bir yolg‘iz qariya avtomobilini katta tezlikda haydab ketayotsa, orqasidan GAI mashinasi quvlay boshlabdi. Chol tezlikni yanada oshirib, ulardan qochishga urinibdi. Oxiri qarasa, qochib ketishning iloji yo‘q! Avtomobilini to‘xtatib, tushibdi. Cholning yoniga GAI xodimlari kelib:
— Nega bizdan qochishga urindingiz otaxon?, - deyishsa, qariya o‘ylab ham o‘tirmay:
— Bir necha yillar ilgari xotinim meni tashlab, GAIda ishlaydigan erkak bilan qochib ketgan edi. Sizlarni ko‘rib, menga xotinimni qaytarib berishmoqchi deb o‘ylabman!, - dermish.
Eri chet eldan xotiniga xat yozibdi:
— Salom azizam! Uzr hayotim bu oy sanga pul jo‘natomiman. O‘rniga 500ta o‘pich jo‘natvoman. Qabul qilib ol.
Bir haftadan so‘ng xotini javob yozibdi:
— Salom azizim! Siz yuborgan 500 ta o‘pichni qabul qildim. Ulani 100tasini gazchilaga, 100tasini suv va elektr energiyasiga, 50tasini sutchiga, 120 tasini bozor o‘charga ishlatdim. Xavotir olmang, hali zaxirada 130 ta o‘pich turibdi.
82 ga kirgan otaxon vrach qabuliga kelib debdi:
— Men kelasi hafta yana uylanmoqchiman.
Vrach:
— Sizni ogohlantirib o‘tmoqchiman. Ortiqcha jismoniy zo‘riqish va hayajonlanish hayot uchun xavfli!
Otaxon:
— Mayli, o‘lib qolsa, yana boshqasiga uylanaman!
— Salom do‘stim.
— Salom.
— Men kecha seni xotiningni avtobusda ko‘rgandim. U menga shunaqa zo‘r latifa aytib berdi, kulaverib sal qoldi divandan tushib ketishimga.