Ikkita qarg‘a daraxtda gaplashib o‘tirishsa, osmondan samolyot uchib o‘tibdi.
Birinchi qarg‘a:
— Samolyotni qara. Juda tez uchadi, - desa, ikkinchisi:
— Seni ham dumingni yoqishsa, sen ham shunaqa tez uchasan, - debdi.
Er xotinidan so‘rabdi:
— Singan tishlaringni davolatish uchun senga nechi pul bergan edim?
— 2 mln. bergansiz.
— Kamroq gapirganing ma’qul. Endi pul bermayman!
Bir qiz ketayotganda orqadan xushtak ovozi eshitilibdi.
Qiz xursand bo‘lib orqasiga qarasa, bir odam itini chaqirayotganmush.
Amerikaliklar non o‘rtasiga go‘sht solib, gamburger deb atashdi.
Italiyaliklar xamir o‘rtasiga sir solib, pitssa deyishdi.
Turklar xamir ichiga qiyma solib, donar deb atashdi.
Ruslar xamirga kartoshka solib, pirashki deb atashdi.
O‘zbeklar xamir ichiga piyozdan to‘ldirib solib, go‘shtli somsa deb nom qo‘yishdi.
Qari otaxon nabirasi bilan ovqatlanib o‘tirishsa, nabirasi gapirmoqchi bo‘lib, endi og‘iz ochsa, bobosi:
— Ovqat paytida gapirib bo‘lmaydi, - deb tanbeh beribdi.
Ovqatlanib bo‘lgach, "Endi gapir" desa, nabirasi:
— Boya ovqatingizga pashsha tushib qolgandi, shuni aytmoqchi edim, - dermish.
Bemor istimalab kasaloxonaga kelibdi. Uni kutib olgan hamshira so‘rabdi:
— Shippak olib keldingizmi?
— Ha.
— Kiyimlaringizni olib keldingizmi?
— Ha.
— Ko‘rpa va yostiqlarimiz qolmadi. Olib keldingizmi?
— Ha.
— Mana bu ro‘yxatdagi dorilar ham qolmagan. Olib keldingizmi?
— Ha.
— Yoningizda turgan oq xalatli yigit kim?
— Har ehtimolga qarshi vrachni ham o‘zim bilan olib keldim.
Xotin eriga:
— Shkafimizni qarang! 10 yillik eski matox! Yangisini olaylik!
— Xo‘p, olamiz.
Xotin yana eriga:
— Sovutgich ham eski.
— Yangisiga almashtiramiz.
Xotin davom etib:
— Televizor ham juda eski bo‘lib qolgan! Almashtirish kerak!
Eri:
— Xoy xotin! Sen o‘zingga bir qara! Sen ham nechi yilliksan? Men indamayapman-ku!
Oyim menga nuqul "Uyda o‘tiraversang, hech narsaga erisholmaysan!" der edilar.
Endi esa uyda o‘tirib, dunyoni qutqaryapman.
— Eshitdingmi? Endi korrupsiyaga qarshi kurash emas, jang olib borilarkan...
— Ha! Jangda qurbonlarning mulklari jangchilarga qolib ketishini ham bilasanmi?!
Psixolog ayol kishidan so‘rabdi:
— Qaysi ayol erini qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qiladi?
Ayol:
— Faqat yer qabul qiladi, - deb javob bergan ekan.