— Salom, Rasul aka! Bugun men haydovchilik guvohnomasini oldim.
— Salom! Nega buni menga yozyapsan? Axir biz allaqachon ajrashib ketganmiz-ku!?
— Shunchaki, endi yo‘llarda ehtiyot bo‘ling!
— Har qanday lavozimga roziman.
— Marhamat, mana supurgi. Ishni boshlashingiz mumkin.
— Nima? Axir men institutni tamomlaganman.
— Bering unda. Qanday supurishni ko‘rsatib beraman.

Er-xotin ko‘chada aylanib yurishgan ekan, oldidan bezorilar chiqibdi:
— Qimmatli narsalaringni ber! - debdi bezorilar.
Xotin eriga yolvoribdi:
— Iltimos, meni berib yuborman!
Eri:
— Jinnimisan?! Qimmatli deyapti!

Qadrli erkaklar!
Agarda begona ayollar sizningcha o‘zingizni xotiningizdan yoshroq, chiroyliroq va ko‘rkamroq ko‘rinsa, demak ularning erlari yaxshi ekan! Sizlarga o‘xshagan emas!
Bir ayol diyetolog vrachga qo‘ng‘iroq qilib debdi:
— Doktor, tez ozmasam bo‘lmaydi. Juda-yam semirib ketganga o‘xshayman.
— Nega unaqa deyapsiz? – so‘rabdi vrach.
— Bugun gapiradigan tarozi sotib olgan edi. Uyga olib kelib unga chiqsam, tarozi menga “Shoshilmay, bittadan chiqinglar
Hammasi o‘sha paytlarda boshlangan edi: "Begim, men sizni qanday bo‘lsangiz shundayligizcha sevaman!"
To‘ydan keyin esa: "Chekmang!", "Ichmang!", "So‘kinmang!", "Qayerda yuribsiz?"...
Men bo‘lsam laqqa tushib o‘tiribman uni yolg‘on va’dalariga...
Bir kuni ikkita o‘rtoq uchrashib qolishibdi.
Biri debdi:
— Nega o‘z sinfdoshingni sudga berding?
Ikkinchisi:
— U meni yoshligimda “Begemot” deb chaqirardi. Kecha hayvonot bog‘iga borgandim, endi bildim begemot qanaqa bo‘lishini, - degan ekan.
Bir yigit har kuni ko‘chadagi lo‘liga pul berib turarkan.
Oradan vaqtlar o‘tib, yigit lo‘lini yonidan pul bermay o‘tib keta boshlabdi.
Bir kuni lo‘li yigitni to‘xtatib:
— Nima uchun menga pul bermay qo‘yding? – dyesa, yigit:
— Uylandim. Oila tashvishi tushdi boshimga. Shunga... - debdi.
Lo‘li g‘azabga to‘lib:
— Nima, sen oilangni meni hisobimdan boqasanmi? – degan ekan.
3456 - yil. O‘zbekiston tarixi fani. O‘qituvchi qizil tayoqni ko‘rsatib, so‘radi:
— Bolalar, bilasizlarmi bu nima?
O‘quvchilar javob berdi:
— Ha bilamiz. Bu tayoq bilan GAI qabilasi ov qilgan va oilasini boqqan.
Xotin eriga:
— Telefoningizda Odil deb yozilgan raqamga qo‘ng‘iroq qilsam, ayol kishi javob beryapti-ku?!
— Odilni xotini-yam tekshiryapti, Dilshod degan raqamdan kim qo‘ng‘iroq qilarkan deb...