Ikkita qiz bodring sotib olayotib gaplashib qolishibdi.
— Yeyishga ham olamizmi?
Shunda sotuvchi hayron bo‘lib:
— Qizim, bodringni yemasdan yana nima qilasizlar? – desa, qizlar:
— E, amaki qizig‘misiz!? Biz har doim bodringdan yuzimizga niqob tayyorlaymiz, - deyishgan ekan.
Otasi bilan hindular haqidagi filmni ko‘rib yotgan bolakay debdi:
— Adajon, nega bu odamlar yuzlarini bo‘yab olishgan?
— Ular jang qilishmoqchi, - debdi otasi.
Kechqurun oshxonadan yugurib chiqqan o‘g‘li adasiga:
— Adajon, oyim jang qilmoqchilar... – dermish.
Xotin eriga qo‘ng‘iroq qilib debdi:
— Adasi, sizga ikkita yangiligim bor. Birinchisi yaxshi, ikkinchisi yomon.
G‘azablangan er:
— Yomonidan boshla!
— Yomoni shuki, kaptivani urib oldim.
— Yaxshisi-chi?
— Boshqa bunday qilmayman...
Bir kuni o‘rmonda barcha hayvonlar bazm uyushtirib o‘tirishsa, bir quyon xansirab kelib, "Joningdan umiding bo‘lsa qochib qol!" debdi.
Hamma turib qocha boshlabdi. 2 km yugurishgandan keyin sher to‘xtab:
— Men hayvonlar shohi bo‘lsam, kim quvib kelayapti, - deb so‘rasa, quyon:
— Erim uyga mast bo‘lib keldi. Jahli juda chiqqan, - dermish.
Bir deputat ikkinchisidan so‘rayapti:
— Nega xalq bizni bunchalik yomon ko‘radi?
Ikkinchisi:
— Men ham hayronman...! Axir bizlar deyarli hech narsa qilmaymiz-ku!
O‘qituvchi o‘quvchisini savol-javob qilmoqda:
— Foziljon, bu yil yoshing yettida bo‘lsa, kelasi yil nechiga to‘lasan?
— To‘qqizga ustoz.
— Sakkizga to‘lasan!
— Topa olmadingiz. Axir bugun meni tug‘ilgan kunim!!!
Bir kun ikki do‘st uchrashib qolishibdi.
— Do‘stim, nega ko‘zing ko‘kargan?
— E, ko‘rmaysanmi!? Sport bilan shug‘ullanay deb, tosh ko‘tarishga borgandim. Bir baquvvat sportchi tosh ko‘tarayotgan ekan... Shuni tamosha qilib turgandim...
— Sportchini qo‘lidagi tosh seni ustingga tushib ketdimi?
— Yo‘k!
— Unda nega ko‘zing ko‘kargan?
— Haligi sportchini ustidan kulib yuboribman...
— Haqiqiy sevgi bor narsa!
— Bo‘lmagan gap!
— Hechamda. Mana qo‘shnimiz Natashaxon. Haqiqiy muhabbat timsoli. Sevgi nimaligini biladi!
— O‘lsin Natashaxoning sevgi timsolimush. U to‘rt marta erga tekkanku! Qayerdan bilsin sevgi nimaligini!
— Biladi, chunki to‘rt marta erga tekkan bo‘lsa ham o‘ynashi hali ham bitta odam!
Bir haydovchini GAI to‘xtatib:
— Hujjatlaringizni taqdim eting, - debdi. Haydovchi hujjatlarni beribdi.
— Qoidani buzdingiz, jarima yozaman, - debdi GAI xodimi.
Haydovchi:
— Mayli, yozing,- debdi.
— Menga biror narsa taklif qilmaysizmi?, - debdi yana GAI.
— Menga turmushga chiqing, - debdi haydovchi.
GAI shu zahoti unga hujjatlarini qaytarib, qochib qolgan ekan.
— Kasbing nima?
— Bekorchiman!
— Unda qo‘shiqchi bo‘laqol!
— Yo‘g‘-ye, unchalik bekorchi emasman...