Yigit sevgan qizi bilan tunda soat 24:00 da sayrga chiqibdi.
Qiz ichida o‘ylabdi:
— Qanday romantik yigitim bora…!
Yigit kulib:
— Ha, men romantikman! Romantiklar o‘zi shunaqa. Soat 24:00 da magazin, restoran, do‘konlar yopiq vaqtda sevgan qizini sayrga olib chiqadi.
Yigit:
— Ko‘risha olamizmi?
Qiz:
— Yo‘q! To‘ydan keyin...
Yigit:
— To‘ydan keyin ering ruxsat bermaydi-ku!
Maktabdan qaytgan oʻgʻil adasi gap boshlabdi:
— Sinfimizdagi Sarvarni adasi har kuni maktabdan olgan baholari uchun unga pul berar ekan. Masalan, “5” bahoga 1000 soʻm, “4” baho olsa – 500 soʻm, “3”ga 200 soʻmdan. Agar “2” olib kelsa, Sarvar yigʻgan pullaridan 1000 soʻm jarima toʻlashiga toʻgʻri kelarkan.
— Hoʻsh, doʻsting ancha pul yigʻibdimi?
— Qayoqda... Qarzlarini toʻlash uchun yakshanba kunlari paxta terimiga chiqyapti.
Bir yigit tanishgan qiziga shunday debdi.
— Siz menga turmushga chiqsangiz, boshimda ko‘tarib yuraman. Osmondagi oyni, yulduzlarni sovg‘a qilaman...
She’rlar aytib, qo‘shiqlar kuylayman, - desa,
Qiz:
— Pul-chi, pul!? Pulingiz umuman yo‘qmi? - degan ekan.
Bir kuni Afandi "Bugun osh qilaman" degan hayol bilan go‘sht, sabzilarni to‘g‘rab, qozon osibdi. Qarasa, guruchi qolmagan ekan. O‘ylab-o‘ylab ro‘parada yashovchi beva ayoldan so‘rashga qaror qilibdi. Qo‘lida kosa bilan chiqib, qo‘ng‘iroqni bosib, o‘ylanib qolibdi Afandi:
"Hozir men guruch so‘rasam, bu ayol menga "osh qilyapsizmi" deydi. Men uni mehmonga chaqirishga majbur bo‘laman. Osh bahona men bilan tanishib olib, keyin undan qutulolmay yursam-chi?!" deb hayol surib turgan ekan, eshik ochilib qo‘shni ayol chiqib qolibdi. Afandi bo‘lsa ayolga qarab:
— E, guruching boshshingda qolsin, - dermush.
Ikki dugona suhbatidan:
— Kecha erim bilan hazillashib, holatini tomosha qilish niyatida ko‘ylagining yelka qismiga lab bo‘yog‘ini surtib, rashk janjalini ko‘tarmoqchi bo‘ldim.
— Xo‘sh? Qalay chiqdi haziling?
— Hazil deysanmi? Qilmishiga iqror bo‘ldi!
Afandi bir kuni tovuqlariga qarab hayol surib o‘tirsa, xotini ko‘rib:
— Nimani o‘ylab o‘tiribsiz, - debdi.
Afandi:
— Biz eng oliy mavjudod bo‘la turib, shu parandalarchalik bo‘la olmaymiz. Qara, bitta xo‘rozni qirqta xotini bor, bolalari esa behisob bo‘lsa ham, hech qaysi biriga aliment to‘lamaydi va eng qizig‘i birorta ham qaynonasi yo‘q, - debdi.
— Odnoklassnikiga kirib, o‘zimga yangi sahifa ochdim. Chiroyli bir qizni rasmini joylashtirdim.
Erim bilan tanishib oldim. U mehmonxonada, men esa oshxonada o‘tirib, odnoklassnikida gaplashyapmiz.
Erim meni uchrashuvga taklif qilyapti. O‘zim mehmonxonaga chiqsammikin yoki uni oshxonaga chaqirsammikin...?
Uyda ayol kitob o‘qib o‘tirsa, o‘g‘li maktabdan kelib:
— Nima oyijon, internet ishlamayaptimi?!, - dermish.
Bir qari badavlat odam kechqurun uyiga qaytsa, xizmatkori:
— Ha, qari to‘nka! Qayerlarda yuribsan?!, - desa, boy pinagini buzmay:
— Qulog‘imga eshitadigan apparat sotib olgani borgandim, - dermish.