— Biz laqqa baliqni sigir bilan chatishtirdik. Zo‘r natija berdi. Endi sigirlarimiz ham sut, ham yog‘ berishmoqda.
— Biz esa chumolilarni tarvuz bilan chatishtirdik. Endi tarvuzni so‘ysak, danaklarini o‘zi tashqariga o‘rmalab chiqib ketishmoqda.
— Eng yaxshi hayvon qaysi?
Dehqon javob beribdi:
— It!
— Nimaga? – debdi yana jurnalist.
— Chunki it yerimga kirib olib, intervyu olaman deb oyog‘ini ostidagi ekinlarimni payhon qilmaydi! – degan ekan dehqon.
— Biz qanday qilib aqilli bo‘la olamiz?
Haligi odam debdi:
— Hov anavi uyni ko‘ryapsanmi? O‘shani tomiga chiqib, sakrasangiz aqilli bo‘lasizlar.
Birinchi ahmoq tomga chiqib pastga sakrasa, qumni ustiga tushibdi. Yoniga ikkinchisi yugurib kelib:
— Lat yemadingmi? – desa, haligi sakragani:
— Qo‘lingni ol, ahmoq! – dermish.
— Shu-u-uncha pulni qayoqdan oldingiz?!
Eri:
— Seni tugʻilgan kuningga deb yigʻayotgan edim... – debdi.
Xotini bu gapni eshitib:
— Buncha kam? – dermish.
— Rossa qornim ochdi...
Xotini-yam hazillashmoqchi boʻlib:
— Meni yeyaqoling, - desa, eri:
— Jinnimisan, menga yogʻli ovqatlar mumkin emas-ku... – degan ekan.
Xotin:
— Janob sudya, erim oshxonadagi barcha idish-tovoqlarni sotib, pulini “ichib” yuboribdi. Bu er bilan ortiq yashay olmayman!
Er:
— Men ham bunaqa xotin bilan yashay olmayman! Oshxonadagi idishlar yoʻqligini uch haftadan keyin bildi-ya!?
Jinnilardan biri:
— Agar shu safar ham chiqa olmasam, uyimga ketaman, - debdi.Bola tuqqanda ona u dunyoga borib qaytsa, keyinchalik sekin aqlini yuqotishni boshlaydi )))
Otasi qizidan so‘rabdi:
— Boshimizni tanamizdan nima ajratadi?
Qizi ikkilanmasdan:
— Bolta, ada! – deb javob beribdi.
Muallima:
— Xo‘sh, Eshmatov, agar uch yashar ukang uy kalitini yutib yuborgan bo‘lsa, qanday yo‘l tutarding?
— Uyga derazadan oshib kirardim.





