— E, qoyil o‘g‘lim! Huddi o‘zimni chizibsan-ku! Faqat nega sochimni rangini jigarrangga bo‘yading? - so‘rabdi ota.
Shunda o‘g‘il qalamlariga qarab turib:
— Menda "kal" rang yo‘q-da, dada, - dermish.
— Vrachga nima deyish kerak o‘g‘lim? - desa, bolakay:
— Qonxo‘r ablah! - debdi.
— Tila tilagingni, - debdi baliq.
— Toshkentdan Chimyonga bir zumda olib chiqadigan yo‘l qurib ber, - debdi haligi odam.
Baliq:
— Boshqa osonroq narsa so‘ragin! - desa, boyagi kishi:
— Xotinimni hecham tushunmayman. Har kuni kayfiyati har xil. Shu xotinimni tushunadigan qilib qo‘ygin, - desa, baliq:
— Chimyonga boradigan yo‘lni qachonga bitkazib beray? - dermish.
O‘zbek Yaponiyaga borib qarasa, 103 yoshli qariya o‘tirgan ekan.
Keyin yapon O‘zbekistonga kelibdi. Bir payt qarasa, tog‘dan 102 yoshli qari o‘zbek otaxon yugurib tushib kelayotganmish.
— Nima bo‘ldi? - deb so‘rashsa: o‘zbek otaxon:
— Otamdan qochib kelyapman. Bobomni xassasini berkitib qo‘ygandim, - dermish.
Meni kvartiramdan eshitilayotgan musiqa sizlarga yoqsa, batareyaga 1 martta uring. Yoqmasa 2 martta, keyingi musiqaga o‘tish uchun esa 3 martta uring!
Muallif: 7 qavatdagi qo‘shningiz.
Ular bir necha million so‘mga to‘rt yil ichida savodsizlikni sotib olishlari mumkin. Kamlik qilsa, yana ikki yil bor...!
— Adajon, menga planshet olib bering? – debdi.
Otasi:
— Sehrli so‘zni unutdingmi qizim...? – degan ekan,
Qizi:
— Jamila, – debdi.
Otasi hayron bo‘lib:
— Jamila? Bu nima deganing? - desa,
Qizi:
— Bu jazmaningizni ismi... - debdi.
Otasi o‘zini yo‘qotib:
— Planshetni qanaqa rangidan olib beray, ustiga g‘ilof ham kerakmi...? - dermish.
— Ha, nimalar deb baqirdim o‘zi? Eslay olmayapman!
— "Tashqariga chiqmoqchiman, menga eshikni olib keling!" deb ofitsiantga rossa o‘dag‘aylading...
— Voy belim, yomon og‘riyapti!
— Kechasi bilan hurrak otganingdan keyin og‘riydi-da!
— Kechasi bilan yana meni tepib chiqding-mi...?





