Jurnalistlar tovuqdan so‘rashibdi:
— Bunga qanday erishdingiz?
Tovuq:
— Bu sir! - debdi.
Jurnalistlar yana so‘rabdi:
— Kelajakdagi rejangiz qanday?
— 7 kilogramlik tuxum qo‘yish, - debdi tovuq.
Jurnalistlar xo‘rozni yoniga kelishibdi:
— Sizni rejalaringiz qanday?
Xo‘roz debdi:
— Fermadan tuyaqushni tezroq yo‘qotmoqchiman!
— Kelishini toshbaqaga o‘xshataman. Ketishini quyonga o‘xshataman.
— Bilasanmi o‘rtoqjon, yigitim meni tashlab ketgandi. Keyin uni yomon duo qildim!
— Nima deb duo qilding?
— Dunyodagi eng tasqara, beo‘xshov, alvastini yoniga borgin deb duo qildim.
— Xo‘sh, nima bo‘ldi keyin?
— Ertasi kuni yigitim o‘zi yonimga qaytib keldi...
"Zudlik bilan aytilgan pullarni olib kelmasang, xotiningni o‘zingga qaytarib beramiz!"
— Fransiya - Prussiya urushi haqida nimalarni bilasan?
O‘quvchi jim turaveribdi.
O‘qituvchi:
— Nega gapirmaysan?
O‘quvchi:
— Dadam urush-janjalga aralashma deganlar, - debdi.
Ronaldo bolalariga "Ishga ketyapman" deb, futbol o‘ynagani borarkan.
— Kim maktabdan keyin institutga kirishni xohlaydi?
Hamma bolalar qo‘lini ko‘taribdi. Faqat bitta o‘quvchi ko‘tarmas emish.
Ustozi undan:
— Nega sen ko‘tarmayapsan? – deb so‘rasa, o‘quvchi:
— Oyim maktabdan keyin to‘g‘ri uyga kelgin deb tayinlaganlar, - degan ekan.
— Sen shu ahvolda katta bo‘lsang kim bo‘lasan?!
Shunda o‘quvchi:
— Men katta bo‘lsam, quruvchi bo‘laman! Burchagi yo‘q sinf xonalar quraman...
— Sizga dori yozib beraman, bugundan boshlab ichasiz.
— Doktor, ertadan ichsam maylimi?
— Nega?
— Bugun final bo‘ladi-da...





