Futbol jamoasi murabbiysi o‘z lavozimidan ozod etilar ekan, o‘rniga yangi saylangan murabbiyning qo‘liga 3 dona raqamlangan konvertda xat tutqazibdi va debdi:
— Bu konvertlarni hozir ochmagin! Og‘ir damlaring kelganda birin-ketin ochaverasan...!
Oradan ozgina vaqt o‘tib, komanda yana mag‘lubiyatga uchray boshlabdi. Shunda murabbiy 1-raqamdagi konvertni ochibdi. U yerda: "Hamma aybni menga ag‘daraver!" deb yozilgan ekan. Murabbiy shunday qilibdi.
Oradan yana vaqt o‘tibdi. Mavsum tugab, ketma-ket mag‘lubiyatlar komanda murabbiysini og‘ir ahvolga solib qo‘yibdi. 2-raqamli konvertni ochganida u yerda "Katta va’dalarni ber!" degan yozuv o‘qibdi. Yana ma’lum vaqt murabbiyni tinch qo‘yishibdi.
Uchinchi yil mag‘lubiyat! Hech qanday g‘alaba yo‘q! Muhlislarning noroziliklari! So‘nggi konvertni ochgan murabbiyni ko‘zi shu yozuvni o‘qibdi: "Xatlaringni yozaver!!!"
Yuz yoshga to‘lgan kampir o‘zini davolovchi vrachiga dedi:
— Eh, Sultonboy, sizga shu qadar o‘rganib qolgandim… Mabodo… O‘lib-netib qolsangiz,
meni kim davolarkan-a?..
— Dadajon, xo‘rozlar nega tong yorishmasdan qichqirishadi?
— Tovuqlar uyg‘onganda xo‘rozlarning ovozi eshitilmay qoladi-da!
Agar dollaring bo‘lsa, qarindoshing yoki tanishingga sota ko‘rma!
Tez orada kurs o‘zgarishi bilanoq, so‘kish tagida qolib ketasan.
Bir odam tilla baliq tutib olib, debdi:
— Mashina va uy xohlayman!
Baliq:
— Arendami yoki davlatdan kreditmi?
Haligi odam:
— Paxta yog‘ida qovuraymi yoki pista yog‘idami? Tanla!
— Adasi, sizga qanday ayollar ko‘proq yoqadi: aqllisimi yoki chiroylisi?
— Axir necha martta aytganman?! Hech qaysisi yoqmaydi, faqat sen yoqasan deb!
Bir kuni tipratikan quyonni mahkam bag‘riga bosib debdi:
— Mana sevgi qanchalik azob ekanini ko‘rdingmi?!
Har kuni bir kishi bozorda rediska sotadigan kampirga 1000 so‘m berib, rediska olmasdan ketarkan.
Bir kuni haligi odam yana 1000 so‘m berib, ketayotsa, kampir uni qo‘lidan shartta ushlabdi. Shunda kishi:
— Hoynaxoy xolajon bu safar rediska olmasligimni sababini so‘ramoqchi bo‘lsangiz kerak?! - desa, kampir:
— Rediska olasanmi-yo‘qmi bu meni qiziqtirmaydi. Rediska 1500 bo‘ldi! - dermish.
Xotin ishdan kelgan eriga dedi:
— Adasi, sizga bitta yaxshi, bitta yomon yangiligim bor. Qay biridan boshlay?
— Yomonini ayt!
— Bugun mashinamizda avariya bo‘ldim. O‘zim tirik qoldim.
— Nimaaa??? Xo‘p mayli, endi yaxshisini ayt ...
Bugun ertalab avtomobilimda ketayotib, katta chorrahada o‘rnatilgan kamera meni suratga olganini payqab qoldim. Hayron bo‘ldim, nega??? Axir men tezlikni oshirganim yo‘q-ku!
Yana o‘sha chorrahadan 3 martta mashinamni juda sekin haydab, kameraga yuzimni burib, jilmayib o‘tdim. U meni 3 martta suratga oldi.
Ertasi kuni uyimga 4 ta kvitansiya va meni jilmayib turgan suratlarim keldi. Jarimalarning hammasi xavfsizlik kamarini taqmaganim uchun ekan...!