Qaynona har uchta kuyovini sinamoqchi bo‘libdi. Birinchi kuyovi darvozadan kirib kelishi bilan, o‘zini hovlidagi hovuzga tashlabdi. Katta kuyov darhol qutqarib olibdi. Ertasiga katta kuyovni darvozasi oldida yangi Neksiya mashinasi, uni ustida "Sevimli kuyovimga qaynonasidan" degan yozuv turgan emish.
Ertasiga qaynona o‘rtancha kuyovini ham huddi shunday sinabdi. O‘rtancha kuyovi tongda tashqariga chiqsa, darvozasi oldida yangi Matiz mashinasi, uni ustida "Sevimli kuyovimga qaynonasidan" degan yozuv turgan emish.
uchinchi kuni qaynona kenja kuyovini sinash uchun o‘zini suvga tashlabdi. Kenja kuyov ichida o‘ylabdi:
— Katta bojamga Neksiya, ikkinchi bojamga matiz tegdi. Menga eski Tiko yoki shalog‘i chiqqan Jiguli tegsa kerak, - debdi-da, qaynonasini qutqarmabdi.
Ertasi kuni ertalab ko‘chaga chiqsa, darvozasi oldida yangi Kaptiva turgan emish. Ustida "Sevimli kuyovimga qaynotasidan" degan yozuv turganmish.
— Menga juda kuchli budilnik kerak.
— O, ayni vaqtida keldingiz. Bizda zo‘ri bor. Avval o‘t o‘chiruvchilarning sirenasi chalinadi, uning ortidan artilleriya ovozlari eshitiladi. Bu ham foyda bermasa, ustingizga bir chelak sovuq suv sepadi. Shundan keyin ham o‘rningizdan turmay yotaversangiz o‘zi ishxonangizga qo‘ng‘iroq qilib, sizning kasal bo‘lganingizni bildirib qo‘yadi.
— Kuchsizlik qilmasmikan?..
— Yana bittasi bor. Yuqoridagilarni bajarganidan keyin ham uyg‘onmasangiz, go‘rkov bilan domlani ham qidirib topib keladi.
Bir kuni afandini o‘g‘li futbol o‘ynab qaytibdi. Afandi:
— Xo‘sh, nechta gol urding o‘g‘lim?
O‘g‘li:
— Ikkita.
Afandi:
— Hisob nechi bo‘ldi o‘zi?
O‘g‘li:
— 1:1 bo‘ldi ada!!!
Yo‘l patrul xizmati mashinasi restoran yonida navbatchilik qilmoqda. Restorandan uchta kishi mast holatda chiqib kelib, har biri o‘zlarini mashinasi o‘tirishadi. Bir payt qarasa, orasida bitta mast erkak umuman oyoqda tura olmaydigan ahvolda rulga o‘tirib, haydab ketibdi.
DAN xodimi o‘sha mashina orqasidan quvlab ketadi. "Darhol avtomobilni to‘xtating", deb to‘xtib qarasa, mashinadan umuman ichmagan, hushyor holatda haydovchi tushib kelibdi. Buni ko‘rgan inspektor hayron bo‘lib:
— Axir qanaqasiga? Siz g‘irt mast edingiz-ku?! - desa, haydovchi kulib:
— Bugun GAIni chalg‘itish navbati menga kelgandi-da, - dermish.
Rus, yapon va o‘zbek ayollari suhbatlashib qolishibdi.
Rus:
— Men to‘ydan keyin erimga uy ishlarini qilmasligimni aytdim. U ko‘chaga chiqib ketdi, kechgacha uni ko‘rmadim. Kechqurun uyimizga bir xizmatkor olib keldi.
Yapon:
— Men esa to‘ydan keyin umuman uy yumushlarini bajarmasligimni aytsam, erimni bir hafta ko‘rmadim. Bir haftadan keyin u robot olib keldi. Hozir hamma ishlarni robot qiladi.
O‘zbek:
— Men ham to‘ydan keyin erimga uy ishlarini qila olmasligimni aytgandim, erimni uch-to‘rt kun umuman ko‘ra olmadim. Keyin sekin-sekin bir ko‘zim ochildi. Keyin ikkinchi ko‘zimni ko‘kargani ketib, unisi-yam ko‘ra boshladi.
— Adasi, hanuzgacha menga biror martta gul sotib olmagansiz...!
— Hali tiriksan-ku, xotin...!
Zamonaviy oliftagarchilik bu:
Qo‘lida ayfon telefon, lekin hisobida pul yo‘q!
Kaptiva avtomobili bor, lekin benzinga pul yo‘q!
DAN xodimi avtomobilni to‘xtatsa, haydovchi kamarni taqmagan ekan.
— Nega kamarni taqmadingiz? - desa, haydovchi tirjayib:
— Siz xursand bo‘ling dedim-da, - debdi.
Ona qiziga:
— Qizalog‘im, paypog‘ingni kiyib ol. Axir, yo‘talyapsan.
Qizi:
— Paypoqda ham yo‘talaveraman-ku, oyijon...
Bir ayolning telefoni jiringlab qolibdi.
Ayol go‘shakni ko‘tarib:
— Allo! – debdi.
Bir odam:
— Farzandlaringiz bizni qo‘limizda! - desa,
Ayol qo‘rqib ketib, yalina boshlabdi:
— Barcha shartlaringizga roziman! Iltimos, faqat bolalarimni qaytaring???
Shunda haligi odam:
— Esingizni yeganmisiz...?! Tezroq keling, hademay bog‘cha yopiladi, – dermish.