Ovchi o‘rmonda ov qilayotib, katta chuqurga tushib ketibdi. Uyoq-buyog‘ini qoqib, tepaga qarasa, miltig‘i tepada qolibdi.
Qo‘rqib, — Qaysi hayvonni ini ekan? - deb o‘tirsa, uya ichidan ayiq bolasi chiqib kelibdi:
— Hoy kichkina, adang uydami? - debdi.
— Yo‘q, asal qidirib o‘rmonga ketgan.
— Onang-chi?
— Oyim ham ketgan, - desa, ovchi sal o‘ziga kelib, ayiqchani bir tepib, — Tur-yey padaringga la’nat!, - desa, ayiq bolasi:
— Bobojon bu yoqqa chiqing, manavi meni urdi, - debdi.
Bir donishmanddan so‘rashibdi:
— Eri qayerdaligini har doim bilib turadigan ayol kim bo‘ladi?
Donishmand javob beribdi:
— U ayol beva bo‘ladi!
Qiz dadasiga qo‘ng‘irok qilib:
— Dada, meni tabriklang! Men turmushga chiqdim! - desa, dadasi:
— Meni qiziqtirmaydi. Kech kirishi bilan uyga qayt! - dermish.
Bugun ishxonaga mo‘ylovimni bo‘yab kelsam, qosh chizib olgan ayollar rossa ustimdan kulishdi ... Qanday adolatsizlik!
Hindu negrga qarab:
— Hindumisan ?, - debdi.
— Yo‘q, negrman!, - javob beribdi negr.
— Hindumisan?
— Yo‘q, negrman dedim-ku?!
— Hindumisan deyapman?
— Ha hinduman!!!
— Lekin negrga o‘xsharkansan ...
Putin Rossiya yo‘llarida 120 km/s tezlik bilan ketayotgan vaqt, undan oldinda 200 km/s tezlikda asfalt yotqizuvchi mashinalar ketib borar edi.
Xotin eriga:
— Hoy dadasi, o‘g‘lingizga ayting, internetni yig‘ishtirsin! Darsini qilsin!
— Onasi, o‘zing ayt! O‘g‘ling meni "chyornыy"ga kiritib qo‘ygan.
Folbin yoniga kelgan ayolga debdi:
— Sizni eringizni katta xavf kutmoqda!
Ayol bo‘lsa:
— Buni bilaman! Siz aytingchi, meni qamashmaydimi?!
O‘rmonda katta bayram bo‘layotgan ekan. Hamma hayvonlar xursand! Ayniqsa, ayiq hammadan ko‘proq quvonib yurganmush. Nima gapligini so‘rashsa:
— Masha turmushga chiqyapti, - dermish ayiqvoy.
Siz erinchoqsiz! Chunki, 456841258268. Ana ko‘rdingizmi, shu raqamlarni o‘qishga ham erindingiz.