Bir kuni afandi kabobxonani yonidan o‘ta turib, kabobdan chiqayotgan tutun hidini hidlabdi. Ziqna kabobpaz “Seni bir boplay!” deb afandini to‘xtatib, unga do‘q uribdi:
— Kabobdan chiqayotgan tutunni hidlaganing uchun pul to‘la! – desa, uddaburon afandi cho‘ntagidan tangalarini chiqaribdi-da, “jaranglatib-jaranglatib” yana cho‘ntagiga solib yo‘lida ketavergan ekan.
Er xotiniga baqirdi:
— Tamom, sen bilan ajrashaman! Menga xiyonat qilding!
— Nega menga baqirasiz? Sizga xiyonat qilmadim! Kecha e’tiboringiz uchun dugonam Adolatnikida tunaganman, tuzukmi!?
— Yolg‘on gapirma, ojiza! Adolatnikida kecha men tunadim, seni u yerda ko‘rganim yo‘q!
Bir yigitga ko‘chada mayda pul zarur bo‘lib qolibdi.
Cho‘ntagiga qo‘l solsa, 50 ming so‘mlik chiqibdi. Atrofda hech kim yo‘q, faqat yo‘l chetida GAI xodimi turgan ekan.
— Kechirasiz, shuni maydalab bera olmaysizmi?! - debdi yigit pulni uzatib.
GAI xodimi pulga qarab turib:
— Uzr, o‘zi hozirgina postga turdim. Hali pul yo‘q, - dermish.
Xotini kasal er yonida o‘tirib, hamdardlik bildiryapti:
— Xotin, sen kasal bo‘lguncha men bo‘lmaymanmi? Azroil meni jonimni olsa ham mayli edi, - deb tursa, shu payt azroil kirib kelib qolibdi. Afandi shosha-pisha:
— Assalomu alaykum! Azroil hazratlari, kim kasal, kim sog‘ o‘zingiz ko‘rib turibsiz, - dermish.
— Nega kompyuterning bir nechta klavishasini birdaniga bossa ovoz chiqadi?
— Uxlab qolgan dasturchini uyg‘otish uchun...
Bir ayol nuqul eri ishdan kelsa, erining ust-boshidan soch tolasi topib olib rosa janjal qilaverarkan.
Kunlardan bir kun erining kiyimidan soch topa olmabdi. Shunda eriga:
— Ha, qurib ketsin! Kuningiz kal ayollarga qoldimi!? - dermish.
Bolakaydan so‘rashibdi:
— Senga yangi yilga nima sovg‘a qilay?
Bola o‘ylanib turib:
— Bilmiman, lekin ikkita bo‘lsin!!!
Tog‘da cho‘pon qo‘ylarini haydab ketayotsa, qo‘l telefoni jiringlab qolibdi.
Telefon ovozini eshitgan qo‘ylar taqqa to‘xtab, cho‘pon tomonga qarashibdi. Cho‘pon esa, kim bilandir gaplashib bo‘lgach, telefonni cho‘ntagiga solib, qo‘ylariga:
— Xavotirlanmanglar, meni so‘rashibdi! - degan ekan.
Kollej orqasidagi stadionda 1ta yigitni 2ta yigit rosa do‘pposlab tursa, qari otaxon kelib:
— Iye, nega bu bolani uryapsilar? - desa, yigitlar:
— Otoxon qo‘shiq eshtasizmi? - deb so‘rashibdi.
— Ha, - debdi otaxon.
Shunda yigitlar:
— Qo‘shiqni mazza qilib eshtayotganizda "OQ AYIQ.UZ" deydigan bola shu bo‘ladi, - deyishsa, otaxon hassasini ko‘tarib:
— Yaxshilab ur, yaxshilab! - dermish.
Xotin eriga dedi:
— Adasi, men qo‘shninikiga chiqib ketyapman. 5 minutda qaytaman. Har yarim soatda qozonni kavlab turing, tagiga olib ketmasin...!