Karantin davri insonlar kitob o‘qish, sport bilan shug‘ullanish va o‘z ustida ishlashi uchun vaqtlari yo‘qligi bahona ekanini isbotlab berdi.
Bir kuni ikki kishi bitta sigirni talashib qolibdi. Sigir kimniki ekanini aniqlash uchun qoziga murojat qilishibdi. Ikki kishi bo‘lsa sigirni bir u tomonga, bir bu tomonga tortarmish. Qozi bo‘lsa o‘rtada sigirni sutini sog‘ib turgan ekan.
Qorboboga mazzada! Bir yilda 1 haftagina ishlaydi. qolgan vaqt dam oladi.
Tez yordamda ishlovchi vrachning shiori:
Qanchalik kech yetib borsang, shunchalik diagnoz aniq bo‘ladi!
Telefonimdagi budilnik musiqasiga “Ummon”ni ashulasini qo‘yganimdan beri, besh daqiqa oldin uyg‘onib budilnikni o‘zim o‘chirib qo‘yaman.
Otasi advokat, onasi sud-tibbiy ekspert xodimi bo‘lib ishlaydigan bolakay hadeb jiringlayvergan telefon go‘shagini ko‘tarib:
— Allo? – desa, go‘shakni u tomonidan notanish ovoz:
— Uyda kattalardan kimdir bormi? – debdi.
Bolakay:
— Adam qamoqxonada, onam esa morgda, - dermish.
Qaysi millat chidamli ekanini sinash uchun olimlar muzlatgichdan foydalanishibdi.
Angliya fuqarolaridan ikkitasi muzlatgich ichida 2 soat o‘tira olibdi.
Navbatdagi shvedlar 4 soatga chidabdi.
Oxiri ruslar kirib kelishibdi. Muzlatgichni ochib kirib ketgan ruslardan 3 kunda ham xabar bo‘lmabdi.
Oxiri olimlar muzlatgichni eshigini ochib:
— Yaxshimisizlar? Sovuq emasmi? – deyishsa, ruslar:
— Eshikni yoping! Tashqaridan yomon sovuq kiryapti, - dermish.
Bir kishi o‘rmonda adashib qolibdi. Yurib-yurib, o‘rmonning o‘rtasiga kelib qolibdi. Oldidan tovuq oyoqli kulba chiqibdi. “Shu uyda aniq yalmog‘iz yashaydi” debdi o‘ziga-o‘zi. Borib taqqillatsa, husnda tengsiz go‘zal qiz eshikni ochibdi.
— Iye, axir bu uyda yalmog‘iz yashashi kerak emasmi?! – debdi haligi kishi.
Go‘zal qiz bo‘lsa:
— Menman o‘sha yalmog‘iz! Pardoz qilib olgan vaqtimda kelding, - dermish.
Suv ostida uzoq vaqt turib bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazilibdi.
Amerikalik sportchi suv ostida 5 daqiqa turibdi. “Muvafaqqiyatimning siri doimiy mashg‘ulotlarda!” deb maqtanibdi.
2-bo‘lib yaponiyalik sportchi suv ostiga kirib ketib, 10 daqiqada chiqibdi. “Bunchalik uzoq suv ostida qolishimning sababi aqlim va qobiliyatimda!” deb intervyu beribdi.
3-navbat o‘zbek sportchisiga berilibdi. O‘zbek sportchi suvga kalla tashlagan ekan hamma sanay boshlabdi. 5 daqiqa, 10 daqiqa, 15 daqiqa, ... 30 daqiqa deganda chiqib kelibdi. Jurnalistlar yugurib kelib so‘rashibdi:
— Qanday qilib...? Qanaqasiga...? Bunchalik uzoq tura olasiz deb hech kim o‘ylamagan edi... – deyishsa, o‘zbekistonlik sportchi:
— O‘zim ham o‘ylamagandim. Suv tagida kiyimim bir nimaga ilinib qolmaganda allaqachon chiqardim, - degan ekan.
Institutda o‘qituvchi talabaga qarab:
— Darsga yana tayyormasmiz deng!
— Ha, domlajon...
— Kechasi bilan televizor ko‘rib chiqqanmiz demak...
— Shunaqa...
— Institutga ham hurmat yo‘q deng!
— ...
— Davlatni pulini yeb yotibmiz deng!
— Uzr domlajon. Meni sizni bilmadim-u, meni hali ota-onam boqyapti...