Agar siz Toshkentda yashasangiz-u, qo‘li va ko‘ngli ochiq inson bo‘lsangiz, desak sizni uyingizdan uzoq muddatli mehmonlar arimaydi!
— O‘zimni ko‘cha bezorilaridan himoya qilish uchun qaysi sport turi bilan shug‘ullansam bo‘ladi?
Sambo bilanmi yoki karate bilanmi?
— Yugurish bilan shug‘ullan!
Avtobusda:
— Xolajon, sumkangiz ochilib qolibdi.
— Voy bolajonim rahmat! Boshqa bir insofsiz bo‘lganda hamyonimdagi pullarni o‘g‘irlab olardi.
— 100 ming so‘m ham pul bo‘ptimi xolajon?!
Ikkita ovsin o‘tirvolib, bittasi kularmish, ikkinchisi yig‘larmish.
Bittasi qaynonasi zinadan yiqilib tushgani uchun kularmish.
Ikkinchisi nega yig‘layotganiga tushunmadingizmi?
U qaynonasi yiqilib tushganini ko‘rmay qoldim deb yig‘larkan.
Tipratikan bilan ilon turmush qursa, bir yarim metrli tikanli sim tug‘iladi.
Bir kuni er ko‘chadan xovliqib kelib:
— Xotin kiyimlaringni kiy! Men katta pul topib oldim! Endi millionerman! - desa, xotini:
— Hozir adasi, chiroyli kiyimlarimni kiyib chiqaman. Aylanishga boramizmi? - debdi.
Eri bo‘lsa:
— Nimani kiysang kiy! Oyingni uyiga ketasan! - degan ekan.
Shahrimizning tekis asfalt yerlariga ohak bilan "Seni sevaman!" deb yozib ketishadi.
To‘g‘ri-da! Tekis asfalt bor bo‘lsa-yu, sevmay bo‘ladimi uni?!
Negr odamdan "Nega buncha qorasan?" deb so‘rashsa, negr "Tonirovka qilinganman" dermish.
Ikki do‘st cho‘lda suvsiz, nonsiz ketayotsa, uzoqdan bir tup olma daraxti ko‘rinibdi.
Ikkalasi ham bir-biriga qaramay yuguribdi. Daraxtni uchida 1 donagina olma bor ekan.
Birinchi do‘sti daraxtga tirmashib chiqsa, olma yerga uzilib tushib ketibdi.
Pastdagi do‘sti olmani olib yeb qo‘ysa, tepadagisi:
— Ana ko‘rdingmi? Men bilan yursang olma yeysan, - dermish.

Eshmat lofchi Toshmat lofchiga aytarmish: Bilasanmi, kecha yap-yangi "Malibu"ni salondan olib chiqib, sening ko‘changda, naq balkoning tagida uyoqdan buyoqqa, buyoqdan uyoqqa rosa maza qilib haydadim, ko‘rmading.
Toshmat lofchi javob beribdi: Kecha band edim. Uyimga Munisa Rizayeva bilan Shahzoda kelgandi. Maza qilib choy ichib, o‘tirdik.
Eshmat lofchi: Yo‘g‘e, nega meni chaqirmading?, desa, Toshmat lofchi: Ayb o‘zingda. Chaqirmoqchi bo‘lib, balkonga chiqsam, ko‘chada uyoqdan bu yoqqa, bu yoqdan u yoqqa yurib, eshitmading, dermish...