Sud majlisida sudya janoblari ayblanuvchiga savol beribdi:
— Xo‘sh ayblanuvchi, soxta pullar ishlab chiqarganingizni tan olasizmi?
— Yo‘q, men hech qanday soxta pul ishlab chiqarmaganman!
Sudya:
— Lekin sizni uyingizdan pul yasaydigan apparat topildi-ku!
Ayblanuvchi:
— Janob sudya, siz odamni urib, o‘ldirganingizni tan olasizmi?
Sudya xayron bo‘lib:
— Qanaqasiga? Men hech kimni…
— Ana, stolingizda bolg‘a turibdi-ku!
Konsert paytida ayol erini turtib debdi:
— Shoqosim aka qarang, anavi kishi konsert paytida uxlab o‘tiribdi-ya...
Eri:
— Shuni deb meni uyg‘otdingmi?!
Bir qiz sevgan yigitiga debdi:
— Jonim, qachon menga mashina olib berasiz?
Yigit hayron bo‘lib:
— Bilishimcha, supurgida uchar edinglar. Mashinaga nima bor?! – dermish.
Doim kompyuter qarshisida o‘tiradigan bolaning gapidan:
“Uyda chiroq o‘chib qoldi. Oilamdagilar bilan gaplashishga vaqtim bo‘ldi. Ukam o‘qishga kiribdi. Singlim turmushga chiqib ketibdi. Ota-onam qarib qolishibdi. Negadir buvim ko‘rinmayaptilar?!”
Bir kuni ikkita qurt gaplashib tursa, bitta qurt hadeb qimirlayverarmish.
Shunda sherigi:
— Namuncha qurtga o‘xshab qimirlayverasan? – degan ekan.
Er-xotin televizor ko‘rib o‘tirsa, xotini:
— Voy, oyijon! – deb yuboribdi.
Eri bo‘lsa:
— Rostan, o‘xshar ekan! – dermish.
Doktor yoniga kelgan yigit debdi:
— Necha oydan beri muolaja qilasiz. Haligacha betobman.
Doktor:
— Siz mutlaqo sog‘lomsiz. Faqat miyangizga “Men sog‘lomman, men sog‘lomman” degan fikrni singdirishingiz kerak! Shunda hammasi joyida bo‘ladi, – debdi.
Yigit doktor xonasidan chiqib ketayotgan ekan, doktor:
— Muolaja pullarini to‘lamadingiz-ku axir!? – desa, yigit:
— “Men pul oldim, muolaja pulini oldim!” degan fikrni miyangizga singdiring. Shunda hammasi joyida bo‘ladi, - degan ekan.
Yosh bolakay ko‘chada xafa bo‘lib o‘tirsa, bir otaxon uni ko‘rib to‘xtabdi-da so‘rabdi:
— Nega xafasan bolam?
— Uyda oyim bilan adam janjallashishyapti. Adam oyimni “Sen filsan!” desa, oyim adamga “Maymun” deb baqiryapti. Ota-onam fil va maymun bo‘lishsa, men unda kimman? – degan ekan bolakay.
Ishxonada majlis. Boshliq:
— Bugun juma. Bu kichkina shanba degani. Ishlamaymiz. Kechki payt o‘tirish!
Ertaga shanba – o‘tirishni davomini qilamiz!
Yakshanba kuni bosh og‘rig‘iga davom ettiramiz!
Dushanba – ishxonada bosh og‘rig‘iga olamiz va uyga ketamiz!
Seshanba – ichmaymiz. Lekin bunday dam olishlardan keyin ishlash ham noto‘g‘ri bo‘ladi!
Chorshanba – ishga chiqamiz va jon berib ishlaymiz!
Payshanba kuni juma kuniga tayyorlanamiz va ishlamaymiz!
Juma kuni esa avval aytganimdek – kichik shanba! Hammaga tushunarlimi?
Zaldan ovoz eshitildi:
— Kechirasiz—ku, lekin shu chorshanba kunidagi axmoqgarchilik qachon yo‘q bo‘ladi?
Qiz yigitdan so‘radi:
— Azizim, meni sevasizmi?
Yigit:
— Ha! O‘zing-chi?
— Men ham o‘zimni juda sevaman...