Psixolog bir nechta ayollarga maslahat berayotgan ekan:
— Turmush o‘rtog‘ingiz bilan 5 daqiqalik urush bir haftalik umringizni qisqartiradi.
Shuning uchun eringiz bilan urushmang.
Bir ayol debdi:
— Unday bo‘lsa men allaqachon o‘tib ketgan ekanman-da!...
Yomon xotin MIB xodimiga o‘xshaydi.
Bor narsangni olib qo‘yadi. Kayfiyatingni buzadi. O‘z joningga qasd qilishgacha olib keladi.
— Kompyuterimni tuzatib bera olasizmi?
— Nima bo‘ldi?
— Yonib ketdi.
— Protsessorimi?
— Ha.
— Monitori-chi?
— U ham yonib ketdi.
— Sichqonchasi butun bo‘lsa kerak?!
— Yo‘q, sichqonchasi ham yonib ketdi.
— Qanaqasiga?! Bunday bo‘lishi mumkinmas...!
— Nega mumkinmas!? Mumkin! Meni uyim yonib ketdi.
Bir kishi qo‘shnisini darvozasini taqillatib uzoq turibdi. Hech kim ochmabdi.
Birozdan keyin uydan kuchuk chiqib kelibdi-da:
— Ko‘rmayapsanmi, uyda hech kim yo‘q! - debdi.
Haligi odam hushidan ketib qolibdi. O‘ziga kelib qarasa, kuchuk haliyam turgan ekan.
— Sen gapirasanmi? Boshqa kuchuklarga o‘xshab vovullashni bilmaysanmi? - desa, kuchuk:
— Bilaman. Seni qo‘rqitgim kelmadi-da, - dermish.
— Doktor, meni davolang! Men yashagim kelyapti!
— Pulingiz bormi?
— Yo‘q.
— Bunaqa hayotni nima keragi bor?!
— Qo‘shnimiz nimaga buncha baqiriyapti?
— Tishi chiqyapti...
— Tishi? Axir uning yoshi 60 dan oshganku?
— Tanglay tishi... Kecha bexosdan yutib yuboribdi...
Bir otaxon yosh yigitlarga:
— Chiroyli, ammo ochiq-sochiq kiyingan qizlarni ko‘rsangiz, tavba deb teskari qaranglar, - nasihat qilib tursa, yigitlar hammasi birdaniga:
— Tavba, tavba! - deb yuborishibdi.
Otaxon bo‘lsa:
— Qani? Qayerda? - debdi.
— Hoy birodar, nega qarmog‘ingni birini suvga, ikkinchisini o‘t-o‘lanlarni orasiga tashlab o‘tiribsan?
— 10 ming bersang sababini aytaman.
— Mana ol 10 ming. Endi sababini ayt! Judayam qiziqib ketyapman!
— Suvga tashlagan qarmog‘imga hali birorta ham baliq ilinmadi. O‘t-o‘lanlar orasiga tashlagan qarmog‘imdan 50 ming ishlab oldim...
Bir ayol ishga ketib, uyda qolgan eriga qo‘ng‘iroq qilibdi:
— Adasi, nima qilyapsiz? - deb so‘rabdi.
Eri:
— Uydaman! Sen qiladigan ishni qilyapman... - debdi.
Xotini o‘zicha xursand bo‘lib, erim uylarni tozalab, ovqat qilib o‘tirgan ekan, deb o‘ylabdi. Kechqurun uyga kelib qarasa, eri divanda yalpayib o‘tirib olgancha, serial ko‘rayotgan ekan.
Ayol bo‘lish osonroq. Ozgina jahl qilsang, aytgan narsang muhayyo bo‘ladi.
Erkaklarga qiyin. Jahl qilsa, yeb turgan issiq ovqatdan ham mahrum bo‘ladi.