— Do‘stim, seni borgan sari Pushkinga o‘xshab ketyapsan!
— Jingalak sochlarim bilanmi?
— Yo‘q, seni duelda otib tashlagim kelyapti!
Bir odamni o‘g‘lini qo‘shnisini kuchugi tishlab olibdi.
Vrachga borsa, vrach so‘rabdi:
— Bolangizni qanday it tishladi?
— Kichkina it tishladi, - javob beribdi haligi odam.
— Daydi it tishladimi yoki tanish itmidi deb so‘rayapman, - debdi vrach.
— Meni itlardan tanishim yo‘q, - debdi boyagi odam.
Ona tili darsida. O‘qituvchi va o‘quvchi savol-javobidan:
— Ot necha turga bo‘linadi?
— Ikki turga, ustoz!
— Noto‘g‘ri Asqarov! Xo‘sh, ot qanday savollarga javob bo‘ladi?
— Necha yoshda va necha martta bolalagan degan savollarga, ustoz...!
Kechasi soat 23.00lar atrofida. Telefon qo‘ng‘irog‘i jiringlabdi.
Er:
— Allo?
Xotin:
— Labbay?
Er:
— Bugun kech qolib ketdim...
Xotin:
— Hechqichi yo‘q.
Er:
— 3-4ta og‘aynilarim bilan kafeda o‘tirgandik.
Xotin:
— Mayli, yaxshi!
Er:
— Kechirasiz, boshqa joyga tushdim shekilli?!
Qorbobo:
Bu yil mendan hamma beva ayollar turmush o‘rtoq sovg‘a qilishimni so‘rashdi.
Nima emish!? Chol bo‘lsa ham mayli, ichmasa, chekmasa, urmasa, saxiy bo‘lsa, kifoya deyishibdi.
Eh, axir men ularni barchasiga uylana olmayman-ku!
Agar parashyut ochilmay qolsa, atrofdagi go‘zal tabiatni tamosha qilib oling. Boshqa bunday imkoniyat bo‘lmaydi!
Siz uchun eshiklarimiz doim ochiq!
Marhamat chiqib keting!
— O‘g‘lingizga yomon so‘zlarni kim o‘rgatyapti?
— Padaringga ming la’nat! Bilmiman kimdan o‘rganadi!
Bir kishi 5 sonini esidan chiqarib qo‘yibdi.
Do‘konga kirib:
— Menga 6 ta non bering. Bittasi kerakmas! - debdi.
Karam bilan sabzi cho‘milgani ko‘lga borishibdi.
Sabzi suvga tushib olib:
— Kel karam, cho‘milamiz, - debdi.
Karam:
— Hozir, yechinib olay, - debdi-yu, birozdan keyin yo‘qolib qolibdi.