Bir kuni o‘zbek, ingliz va xitoylik toqqa chiqishibdi.
— Kelinglar baqiramiz. Kimning aks-sadosi chiroyli chiqarkan, - deb baqira boshlashibdi.
O‘zbek:
— Men seni sevaman!
"Men seni sevaman" degan aks-sado qaytibdi.
Ingliz:
I love you!
Yana shunday aks-sado qaytibdi.
Xitoylik:
Xichuokia mutana jutakou dosouki
Aks sado:
— Nima deding? Qaytarvar...
Samolyotni havodagi parvozi vaqtida bortda janjal ko‘tarilibdi. Uchuvchi nima gapligini so‘rabdi. Shunda styuardessa:
— Ikkita jinni passajirimiz eshikni ochishimizni aytyapti. Tushib qolmoqchi ekan, - desa, uchuvchi styuardessaga:
— Ochmanglar! O‘tgan safar ochganimizda ikkitasi tushamiz deb, sakkiztasi chiqib olgandi, - dermish.
Bo‘ri qo‘radagi mingta qo‘yga tegmasdan, bitta echkini yeb ketibdi. Odamlar cho‘pondan:
— Nega bo‘ri qo‘ylarni yemasdan, echkini yeb ketdi, - deb so‘rashsa.
Cho‘pon:
— Bo‘rining qon bosimi baland ekan, qo‘y go‘shti yemaydi, - debdi.
Yigit bilan qiz uchrashuvga chiqishibdi. Bir soat o‘tibdi - jimlik, ikki soat o‘tibdi - jimlik. Qizni jahli chiqib:
— Tilingiz bormi?
— Ha
— Qo‘lingiz bormi?
— Ha
— Unda nimadir qiling, - desa.
Yigit qo‘lini labiga olib borib:
— «bring, bring» - qilganmish.
— San o‘zi biror narsani tez qila olasanmi?
— Ha, tez charchayman
Bir odamni ko‘ziga farishta ko‘rindi va undan so‘radi:
— Ey, Farishta 100 yil sen uchun qancha vaqt?
Farishta:
— Bir zum, - debdi.
Haligi kishi yana so‘radi:
— Bir million dollar sen uchun qancha pul?
Farishta:
— Bir tiyin.
Shunda haligi kishi:
— Menga bir tiyin ber.
Unga javoban Farishta:
— Bir zum kutgin, - debdi
Bilasizmi, bloggerlar internetdan oldin ham yashagan. Faqat ularni oldin safsatabozlar deb atashgan.
Afandi xotini bilan koreys serialini ko‘rib o‘tirib:
— Xotin seni bugundan boshlab koreyscha ism bilan chaqiraman, - debdi.
Shunda afandining xotini:
— Boy, dadasi menga qanaqa koreyscha ism qo‘ydingiz?
Afandi:
— Cenga Num-Yam degan ism qo‘ydim xotin, - debdi.
Xotini:
— Dadasi chiroyli ism tanlabsiz menga. Ma’nosi nima? - desa.
— Teskari o‘qib ko‘r, - dermish.
Direktor yangi haydovchini ishga oldi. Birinchi ish kuni. Boshliq so‘roq qilyapti:
— Ismingiz nima?
— Familiyam Mahkamov.
— Men sizdan ismingizni so‘radim?
— Ismim Dadajon.
— Haydang Mahkamov.
Adabiyot darsida o‘qituvchi:
— Tilshunoslar axtarib, "ZIZI" saqichining nomi fransuz tilidan tarjima qilinganda, "bolaning bulbulcha"si, - degan ma’noni berarkan, - desa.
Qitmirroq o‘quvchilardan biri:
— Reklamadagi bola nega ""ZIZI" menda borku, ZIZI senda borku", - deb aytishiga endi aqlim yetdi, - dermish.