Haydovchini YPH xodimi to‘xtatibdi. Spirtli ichimlik hidini sezgan xodim:
— Hurmatli haydovchi, spirtli ichimlik iste’mol qilganmisiz? - debdi.
— Yo‘q, - debdi haydovchi.
Xodim yana:
— Sizni tekshiruvga olib boramiz...! - desa, haydovchi:
— Baliq yegandim, - debdi.
Xodim:
— Baliq yesangiz, spirt hidi keladimi? - deb so‘rabdi.
Haydovchi bo‘lsa:
— Baliq aroq ichgan ekan-da, - degan ekan.
— Men o‘g‘limni boksga berdim!
— Men bo‘lsa o‘g‘limni karatega berdim!
— Men esa o‘g‘limni o‘zim uraman.
Bir ayol eriga:
— Ichishni tashlang, - debdi.
Eri:
— Mayli, tashlayman, - debdi.
— Sigaretni ham tashlaysizmi? - debdi xotini.
Eri:
— Tashlayman, - debdi.
Xotini o‘zida yo‘q xursand bo‘lib:
— Man uchun hayotingizni berarmidingiz? - desa, eri:
— Bunaqa hayotni nima keragi bor, beraman-da, - degan ekan.
Futbolimizni yaxshilashni eng yaxshi yo‘li:
Oldin ularni hammasini dalaga haydash kerak. Keyin hozirgi hayotini qadriga yetib, ozgina tezroq yuguradigan bo‘lishadi.
To‘y kuni kelin kuyovbolaga debdi:
— Bizni uchta farzandimiz bo‘ladi!
— Nega bunchalik aniq gapiryapsiz? - so‘rabdi kuyov.
— Aniq bilaman. Chunki ular hozir onamnikida yashab turibdi. To‘ydan keyin olib kelaman.
— Oyijon, bizga quyosh yaqinmi yoki Xorazmmi?
— Qaysi biri shu yerdan ko‘rinib turibdi?! Shunisi yaqin bo‘ladi-da!
— Og‘ayni, negadir ranging boshqacharoq. Tobing yo‘qmi?
— Bilasanmi, uch kundan beri xotinimni tushiga tumanimiz hokimi kirarmush.
— Xo‘sh? Sen nima qilding?
— Biror nima qilmoqchi edim, bugun meni tushimga mahallamiz raisi kirib "Bu ishga aralashmang" deb aytib ketdi.
Er uxlab yotgan xotinini tepasiga kelib "Eh xotinjon gapirmasdan jim tursang qanday go‘zalsan!" degan ekan.
— Meni qo‘shnilarim yarim tunda devorimni taqillataverishadi. Hech tinchlik berishmaydi-ya...⠀
Yaxshi-yam men o‘sha vaqt uxlamay, baraban chalayotgan bo‘laman!
Suv quvurlarini almashtirish tashkiloti xodimlarining qoidasi: Qayerda yangi asfalt qilingan bo‘lsa, tez borib o‘sha yerdagi suv quvurlarini almashtirish kerak.