Professor talabaga:
— Nega buncha qaltiraysiz? Men bermoqchi bo‘layotgan savollardan qo‘rqyapsizmi?
— Yo‘q, ularga bermoqchi bo‘layotgan javoblarimdan qo‘rqyapman.
Bir kuni eri uyiga ichib kelibdi. Xotinini yonida yotib:
— Xotin, bor suv olib kel, - deyaveribdi. Xotini eriga:
— Xozir tinch uxlamasangiz oqlov bilan uraman, - debdi.
Eri:
— Oqlovga borganda suv ham olib kel! - degan ekan.
Bir odam ko‘zgu do‘koniga ketayotsa, do‘sti chiqib qolibdi:
— Qayoqqa ketyapsan?
— Yangi ko‘zgu sotib olishga.
— Nega, eskisi sinib qoldimi?
— Yo‘q, unisiga qarasam, nuqul belimgacha ko‘rsatyapti.
Xotin eriga:
— Adasi, qachon gilam olib berasiz? - desa, eri:
— Haddingdan oshma, supurgingda uchib yuraver! - degan ekan.
To‘yda bir ayol yonidagi ayolga qarab:
— O‘ynang Sobirjon, - desa, boyagi ayol:
— Meni ismim Sobirjon emas Farida, - debdi.
U ayol dermish:
— Sizni ismingiz Faridami, yo‘qmi bilmadimu, meni erimni telefonida Sobirjon deb yozilgan.
Tezyurar poyezd. Yo‘l kuzatuvchisi har bir kupega kirib iltifot bilan murojat qilyapti:
— Chet elliklar bormi ?
Barcha kupelarda "Yo‘q" deb javob berishibdi.
Kuzatuvchi yo‘lakka chiqib baqirdi:
— Teshavoy! Konditsionerni o‘chiraver! Hammasi o‘zimiznikilar ekan!
Ilmu tolib piru komildan so‘radi:
— Ustoz, o‘zbekchaga ruschani aralashtirib gapirsa, gunohmu?
Piru komil dedi:
— Konechno!
Afandi uylangach, bir haftadan keyin xotini o‘g‘il tug‘ibdi.
Beshikni bosh tarafiga daftar, qalam qo‘yayotgan Afandiga odamlar debdi:
— Nega kecha tug‘ilgan bolani boshiga bularni qo‘ydingiz?
Afandi javob beribdi:
— To‘qqiz oylik muddatni bir haftada bosib o‘tgan bola, tez kunda maktabga borsa ajabmas!
Yigitga qiz aytyapti:
— Sizga futbol bo‘lsa bo‘ldi. Undan boshqa narsani o‘ylamaysiz!
Yigit:
— Bu noto‘g‘ri. Seni xam o‘ylayman.
Qiz:
— Xo‘sh unda ayting-chi, birinchi martta qachon uchrashganmiz?
Yigit:
— 27 may 2013 yil: Real bilan Barselona o‘ynagandi o‘sha kun...
Ikkita do‘st suhbatlashmoqda:
— Kecha gazetada g‘alati e’longa ko‘zim tushdi. "Ertaga soat 10:00ga shahar markazidagi maydonga barcha ahmoqlarni kelishini so‘raymiz" deb yozilgan ekan. Men ham aytilgan vaqtga o‘sha joyga borib ko‘rdim.
— Hech kim kelmagandir xoynahoy?!
— Maydon odamga to‘la!!!
— Kim ekan ular?
— Ahmoqlarni ko‘rishga kelgan qiziquvchilar!