Qizaloq buvisiga:
— Keling maktab-maktab o‘ynaymiz, - debdi.
Buvisi rozi bo‘libdi.
Keyin o‘ylab qarasa, bir yildan beri nabirasini uy vazifalarini bajarib berar ekan.
Bir jinni ikkinchisiga:
— Kel boshinga mix qoqib qo‘yay sartaroshga borsang mashinkasi sinib qoladi.
— Yo‘q, qoqmaysan...      
— Nega?
— Mixni qoqishda bolg‘ang tegib ketsachi?
Bir kuni o‘qituvchi o‘quvchiga savol berdi:
— Nega skat yapaloq?
O‘quvchi javob berdi:
— Chunki skatni ustiga kit o‘tirgan.
O‘qituvchi:
— Unda nega dengiz otchasini ko‘zlari chaqchayib qolgan, desa
O‘quvchi:
— Otcha kit skatni ustiga o‘tirganini ko‘rib qolganda, dermish
Afandining xunukroq bir xotini bor ekan. U do‘stlarini yonida xotinini "go‘zalim”, "quyoshim” derkan. Bir kuni Afandidan do‘sti so‘rab qolibdi.
— Do‘stim, xotining chiroyli bo‘lmasa, nega endi uni "go‘zalim”, "quyoshim" deysan?
— Bilasanmi, quyoshga qarab bo‘lmagani kabi bizning xotinga ham qarab bo‘lmaydi-da!
Xitoy metro bekatida turgan yigit qizga:
— Chu min syan duf, - debdi.
Qiz o‘ylab turib:
— Yan fay ru tan, - deya javob beribdi.
Yigitning jahli chiqib ketib:
— Dau shan Fan, dafan nyu ru, yan ru go zay, - deya jerkib beribdi.
Shundan so‘ng qiz yig‘lab yuboribdi.
Keyin:
— Kuan gua dji ru, shuyan yu
...Ha, do‘stim. Xuddi o‘qib biron narsani tushunayotgandek davomini kutayapsiz.
Rafaello — o‘z-o‘ziga emas, albatta, kimgadir sovg‘a qilish uchun sotib olinadigan shokoladdir.
— Boks - eng zo‘r sport turlaridan biri!
— O‘zingiz boksersiz chog‘i?
— Yo‘q, men tish doktoriman.
Oltin baliqni tutib olgan cholga baliq debdi:
— Tila tilagingni!
Chol debdi:
— Zavoddan mashinam tezroq chiqaqolsa, navbatim kelaqolsa degandim...
Baliq cholga qarab turib:
— Otaxon, bunchalik uzoq umr berolmiman sizga! - degan ekan.
— Ada, Dubayga dam olgani boraylik. Tinch okeanidagi oq ayiqlarni tamosha qilardik...
— Nima? Kundaligini olib kel-chi, geografiya fanidan baholaringni tamosha qilamiz!
Haydovchini YPH xodimi to‘xtatibdi. Spirtli ichimlik hidini sezgan xodim:
— Hurmatli haydovchi, spirtli ichimlik iste’mol qilganmisiz? - debdi.
— Yo‘q, - debdi haydovchi.
Xodim yana:
— Sizni tekshiruvga olib boramiz...! - desa, haydovchi:
— Baliq yegandim, - debdi.
Xodim:
— Baliq yesangiz, spirt hidi keladimi? - deb so‘rabdi.
Haydovchi bo‘lsa:
— Baliq aroq ichgan ekan-da, - degan ekan.