Hozircha kreditlarni to‘lamay turing! Bankdan qo‘ng‘iroq qilishsa, telefon go‘shagiga qattiq yo‘taling.
— 2019 yildagi daromadni nimaga sarflading?
— Imorat soldim. O‘zing-chi?
— Qorin soldim.
Bir ayol onasini 2 kunga onasini ko‘rib kelish uchun ketibdi. Ketayotib erini vafodorligi sinamoqchi bo‘libdi.
Ertasi kuni uyga xotini qaytib kelsa erini jahli chiqib o‘tirgan emish.
— Onasi, qoshiqlarni qayerga qo‘ygansan? Kecha topa olmay, ovqatni qo‘lda yedim, - desa, xotini yotoqxonaga kirib eri uxlaydigan ko‘rpani tagini ochib:
— Mana qoshiqlar. Agar men yo‘qligimda ham uyda uxlaganingizda ko‘rgan bo‘lar edingiz, - dermish.
Messidan bir oʻzbek jurnalisti intervyu olibdi:
— Nega siz kutilmaganda bizning futbol jamoamizga oʻtdingiz?
Messi javob beribdi:
— Bu yerda yaxshi ekan! Koptokni xohlagan tarafga tepsa boʻlarkan...
Navbatdagi mag‘lubiyatdan keyin O‘zbekiston futbol ishqibozlari choyxonaga kirib askiyalashib o‘tirishganmish:
— Man o‘yinchilarimiz tepgan to‘pini kapalakka o‘xshatdim.
— Nega?
— Burchakdan to‘p tepishlari huddi kapalak ohista uchib, raqib darvozabonini qo‘liga sekingina qo‘nganday bo‘lganligi uchun...
— Men esa o‘yinchilarimizni ertaklarimizdagi kenja botirga o‘xshatdim.
— Nega?
— To‘p bilan darvozaga yaqin kelganda darvozaga tepaymi, chapga oshiraymi yoki o‘nggami? - deb chuqur hayolga botishganligi uchun...
— Men esa o‘yinchilarmizni mehmondo‘st azamatlarga o‘xshatdim.
— Nega?
— Hech ko‘ptokni talashishmaydi. Oling-oling deb mehmonlarga uzatgani uchun...
Matematik bilan fizik o‘rmonda sayr qilib yurishsa, oldilaridan och ayiq chiqib qolibdi. Ikkovi sarosimaga tushib matematik debdi:
— Ayiqni tezligi 20km/soat, og‘irligi 300kg, qochish befoyda, baribir yetvoladi...
Fizik bo‘lsa:
— Ayiq oshqozonining hajmi 20 kub.detsimetr. Odam hajmi 100 kub.detsimetr. Ayiqqa sen matematikni o‘zi bemalol yetadi. Qochib qolish kerak! – debdi.
Ota:
— Onasi, shumtaka o‘g‘ling yerdagi qorni yeyapti!
Ona:
— Qor yemasin, tomog‘i og‘riydi!
Birozdan so‘ng, ota:
— Onasi, qor rostdanam shirin ekan!
Ona:
— Ha, yaxshi...
Yigitlarning qizlarga aytadigan mashhur bahonalari:
1. Keyin o‘zim telefon qilaman (Sen bilan gaplashgim yo‘q!);
2. Uydagilar qo‘ng‘iroq qilishvatti (Kecha tanishgan qiz 2-liniyaga tushvatti);
3. Albatta uylanaman! (Sendan qachon qutulaman!?);
4. Ovozing yaxshi eshitilmayapti (Qachon gaping tugaydi?!)
5. Keyingi hafta armiyaga ketaman (Alvido!)
Soqol qo‘ygan yigitga ko‘pchilik "Soqolingni oldirib tashla!" debyaverishadi-yu, lekin tor shim kiygan qizga "Buvilaring, momolaring bunday yurishmagan. Uzun ko‘ylak kiyib ol!" deb hech kim gapirmaydi.
— Do‘stim, uyimda suvaraklar juda-yam ko‘payib ketdi. Nima qilishni bilmayapman.
— Sen ularga eshitiladigan qilib “Uyda ovqat yo‘q! Yegulik umuman yo‘q!” deb bir necha bor takrorlagin!
Ertasi kuni:
— Ho‘sh, nima bo‘ldi do‘stim? Kecha aytganlarimni qildingmi?
— Ha, huddi sen aytgandek qildim.
— Natijasi qalay?
— Yarim tunda kimdir biqinimdan turtdi. Turib qarasam, bir gala suvaraklar atrofimni o‘rab olib, “Senga ovqat olib keldik. Yeb ol!” deb turishibdi...!