Tibbiyot instituti talabalari o‘qituvchisi bilan morgda amaliy mashg‘ulot o‘tishmoqda. O‘qituvchi:
— Biz vrachlar hech narsadan jirkanishimiz kerakmas. Masalan, mana shu jasadni o‘lishidan avval nima taom yeganini bilish uchun og‘ziga bosh barmog‘imizni tiqib, so‘ng barmog‘imizni yalab ko‘ramiz, - deb ko‘rsatib beribdi.
Tabiiyki, hamma talabalar ustozining orqasidan shunday qilishibdi.
Shunda o‘qituvchisi:
— To‘g‘ri qildinglar, lyekin vrachlar e’tiborli ham bo‘lishi kerak. men bosh barmog‘imni tiqib, o‘rta barmog‘imni yalagandim, sizlarga o‘xshab bosh barmog‘imni yalamagandim... – dermish.
Oshiq yigit hikoyasi:
Sevgan qizim kitob o‘qishni juda yaxshi ko‘rishini, har kuni kitob o‘qishini aytdi. Uning tug‘ilgan kuniga qiziqarli kitob sotib oldim-da, 10-sahifasiga sovg‘a pul solib qo‘ydim. Oradan 1 oy o‘tsa ham, sevgan qizim pulga yetib kelmayapti...
"Ikkichi"larning 2 ta narsasi bo‘ladi: mashinasi va uyi.
"Uchchi"larning 3 ta narsasi bor: mashinasi, uyi va dalahovlisi.
A’lochilarning 5 ta narsasi bo‘ladi: kal boshi, ko‘zoynaklari, eng kam oylik ish haqqi, qon bosimi va ko‘krak nishoni.
Bir bolakay maktabga ketayotsa, yoniga taksi kelib to‘xtabdi-da:
— O‘tir olib borib qo‘yaman, - debdi haydovchi bolaga rahmi kelib. Bolakay mashinaga chiqibdi-yu, haydovchiga savol bera boshlabdi:
— Otam harbiy, onam militsiyada ishlasa, men kim bo‘laman?
— Yaxshi harbiy bo‘lasan.
Bolakay yana so‘radi
— Agar otam o‘qituvchi, onam esa bog‘cha tarbiyachisi bo‘lsa, men kim bo‘laman?
Haydovchi:
— Murabbiy bo‘lsang kerak.
Shunday qilib bolakay savol beraveribdi. Oxiri haydovchi jahli chiqib, bolaga o‘girilibdi-da:
— Agar otang bema’ni, aroqxo‘r, qimorboz bo‘lsa, onang betayin buzuqi bo‘lsa, sen kim bo‘lasan?
Shunda bolakay:
— Taksichi bo‘laman, - degan ekan.
— Sobir, nega maktab remontiga pul olib kelmading?
— Men maktabni hech qayerini buzmadim-ku!?
Er-xotin gaplashib o‘tirishsa, telefon jiringlab qolibdi.
Er:
— Agar meni so‘rashsa, uyda yo‘qlar deb aytgin, - debdi.
Xotin borib telefon go‘shagini ko‘tarib:
— Allo, yo‘q, erim uydalar, debdi.
Eri jahli chiqib:
— Ahmoq, meni uyda yo‘q, deb aytgin dedim-ku senga, - desa, xotin bamaylixotir dermish:
— Nega jahl qilasiz? Axir telefon sizga bo‘lmadiku, - dermish.
— Zerikdingizmi? Sirlaringizni kimga aytishni bilmayapsizmi? Barcha sirlarni ochib, o‘zingizni yengil his qiling! 102 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, barchasini ro‘y-rost gapirib bering!
Bir yigit sehrli chiroqni topib olibdi-da, uni ishqalabdi. Shu payt ichidan jin chiqib:
— Tila tilagingni..., - debdi.
Yigit ham shoshilib qolib:
— Tinch okeani ustidan o‘tadigan ko‘prik qurib ber!, - deb yuboribdi.
— Esing joyidami?! U okean bo‘lsa... O‘zingga foydaliroq narsani so‘rasang-chi, - desa, yigit:
— Dunyodagi barcha ayollarni javramaydigan qilib qo‘y!, - debdi.
Jin ham o‘ylanib turib:
— Qayerga ko‘prik qurish kerak edi...?, - dermish.
— Men fermerman. Yetti mingta qo‘y boqaman. U ham yetmagandek, o‘g‘lim Toshkentda o‘qiydi. Uni domlasini-yam qo‘shib boqaman.
Katta bir korxonaning rahbari ishchilar intizomini tartibga solib qo‘ymoqchi bo‘libdi. Ishyoqmas, dangasa biror xodimni ishdan bo‘shatib, qolganlarga namuna ko‘rsatib qo‘yish niyatida tekshiruvga chiqibdi. Qarasa, bir yosh ishchisi korxona hovlisida devorga suyanib, dam olib turgan ekan. Rahbarning fig‘oni falakka chiqibdi. Yosh yigitning yoniga kelib:
— Senga bir haftada nechi pul to‘lashadi?, - deb so‘rabdi jahl bilan.
— Olti yuz ming, - javob beribdi hayron bo‘lib.
Rahbar boshqalarga ham o‘rnak bo‘lsan degan maqsadda, xonasidan ikki yarim million olib chiqibdi-da yosh ishchisini qo‘liga tutqazib debdi:
— Mana, to‘rt haftalik maoshingni ortig‘i bilan olgin-da, bu yerdan yo‘qol, qaytib kela ko‘rma!
Yigit pulni olib, indamasdan ketibdi. Rahbar esa bu holatni kuzatib turgan ishchilarga qarata:
— Kim edi u ishyoqmas?, - deb so‘rasa,
Ishchilardan biri:
— Pitssa tashish xizmatidan edi. Olib kelgan pitssasini pulini kutib turgandi, - degan ekan.