Aqlli kapalak atigi bir kun yashashini bilib qolib, o‘sha kuni jinoyat qilgan ekan, 15 kun o‘tirib chiqibdi.
Akula bolasi onasidan so‘rabdi:
— Ona, nega biz odamni yeyishdan avval suvda uni atrofida uch martta aylanamiz? Darrov yeb qo‘ysak bo‘lmaydimi?
Onasi debdi:
— Darrov yeb qo‘ysang, oshqozoningda baqiraverib jonga tegadi. Avval suvda baqirib olsin, keyin yeysan!
— Kechirasiz, shu yaqin-atrofda militsiyani ko‘rmadingizmi?
— Yo‘q, ko‘rmadim.
— Unda hamyoningni ber ovsar!
Xudo xohlasa shu 2020 yildan eson-omon o‘tib olsam, nevaralarimga 2019 yildan keyin 2021 yil kelgan deb aytaman!
Telefonimga SMS keldi.
"Qarzlaringni qaytar! Aks holda sevgan qizingni boshqa qaytib ko‘rmaysan.
O‘qib hayron qoldim. Bo‘ynimdagi shuncha katta qarzlarim bunchalik ko‘p quvonch olib keladi deb o‘ylamagandim.
Ikki yigit suhbati:
— Kecha Alisherdan qarz so‘rasam bermadi. Alisher nomard ekan.
— Do‘stim, senga aytib qo‘yay, men ham nomardman.
Shogird ustozidan so‘radi:
— Ustoz, nega men 2 yildan beri o‘qishga kira olmayapman? Buning sinoati nedir?
Ustoz chuqur o‘yga toldi va vazminlik bilan javob so‘radi:
— Sen quyoshning tog‘lar ortidan sekin-astalik bilan chiqishini, maysalar ustidagi qirovni qitiqlab eritib, tiniq shabnam tomchilariga aylantirishini kuzatasanmi?
— Albatta, ustoz.
— Tog‘dan sharqirab, olamga shovqin solib tushayotgan sharsharaning, daryoda sokin mavjlanayotgan suvning so‘zlariga quloq solasanmi?
— Shubhasiz, ustoz.
— Kumush qadahga to‘ldirib quyilgan mayning yuzida o‘z aksingni ko‘rganda chuqur o‘yga tolasanmi? Hayotning ma’nosi haqida fikr yuritasanmi?
— Juda ham ko‘p marta, ustoz.
— Oydek suluv go‘zalning ko‘ksiga boshingni qo‘yib, uning har bir yurak urishida namoyon bo‘lgan muhabbatni vujudingda xis qilasanmi?
— Deyarli har kuni, ustoz.
— Haa, ahmoq, kaltafahm! Vaqtingni bunaqa bekorchi narsalarga sarflamasdan ketingni bir joyga qo‘yib, qunt bilan o‘qiganingda allaqachon talaba bo‘lib yurgan bo‘larding! degan ekan.
Xotin eriga:
— Tanishgan kunimiz yodingizdami?
Er:
— Ha. Men taksiga xushtak chalsam, yonimga sen kelgansan.
— 2019 yildagi daromadni nimaga sarflading?
— Imorat soldim. O‘zing-chi?
— Qorin soldim.
Bir ayol onasini 2 kunga onasini ko‘rib kelish uchun ketibdi. Ketayotib erini vafodorligi sinamoqchi bo‘libdi.
Ertasi kuni uyga xotini qaytib kelsa erini jahli chiqib o‘tirgan emish.
— Onasi, qoshiqlarni qayerga qo‘ygansan? Kecha topa olmay, ovqatni qo‘lda yedim, - desa, xotini yotoqxonaga kirib eri uxlaydigan ko‘rpani tagini ochib:
— Mana qoshiqlar. Agar men yo‘qligimda ham uyda uxlaganingizda ko‘rgan bo‘lar edingiz, - dermish.