Maktabda oraliq imtihon topshiriladigan kun. Dars boshlanibdi. O‘qituvchi:
— Hozir imtihon topshirasizlar.
— Ustoz, kalkulyatordan foydalansak bo‘ladimi?
— Bo‘ladi.
— Mendeleyev jadvalidan-chi?
— Bemalol. Yozinglar, mavzu “Ikkinchi jahon urushi”.
Hayvonot bog‘i. Maymun turgan qafas yonida qizaloq oyisidan so‘radi:
— Oyi, nega maymunlar yuzlarini bo‘yab olishgan?
— Boshqa maymunlarni qo‘rqitish uchun.
— Iye, unda siz dadamni qo‘rqitish uchun bo‘yanib olar ekansiz-da, a?
Yonida indamay ketayotgan dadasi javob berdi:
— Yo‘q qizim. Onang ko‘chadagi odamlarni qo‘rqitib yubormaslik uchun bo‘yanadi.
Kompyuter dasturchisi pianinoning oldiga kelib, uni uzoq ko‘zdan kechirib, dermish:
— Klaviatura noqulay. Bor-yo‘g‘i 84 ta klavishalar bor, ularni-yam yarimidan ko‘pi funksional klavishlar. Hech qaysida yozuvi yo‘q. Lekin «Shift»ning oyoq bilan bosilishi zo‘r ekan.
Bir kuni shifoxonada bemor uxlab yotsa, vrach uni uyg‘otib:
— Uyg‘oning! Uyqu dori ichadigan vaqtingiz bo‘ldi, - degan ekan.
Qiz onasiga:
— Oyi, sizga muhim gapim bor. Men erga tegayapman.
— Uyatsiz jonimga tegib ketding. Axir 5 marta erga tegib ajrashding, endi ji-i-i-i-m o‘tir tushindingmi?!
— Oyiijooon, xo‘p deya qoling, tegaman-u, tezda qaytaman. Maylimi oyiiii?
Shifoxonalarda "Salomatligingiz o‘z qo‘lingizda" - degan yozuv turadi. Manimcha yaqin orada uni "Salomatligingiz o‘z cho‘ntagingizda" - deb o‘zgartirib qo‘yishsa ajabmas.
Bir yigit Bolgariyaga boribdi. U yerda bir qizni yaxshi ko‘rib qolibdi.
Yigit qizga:
— Seni millating nima?
Qiz:
— Men bolgarkaman.
Yigit:
— Men esa drelman, - dermish.
Er-xotinlar uchun maslahat:
"Uzoq umr ko‘raylik desangiz, ko‘proq meva yeng, bir-biringizni emas!"
— Kabob pishirayotgan nima uchun yelpib turishadi?
— Ko‘mir yaxshi yonishi uchun.
— Yo‘q. Qo‘shnilarga kabob hidi yaxshiroq yetib borishi uchun.
Xotin eridan so‘rabdi:
— Eng baxtli kunlaringiz qachon bo‘lgan adasi?
Er debdi:
— To‘yimiz bo‘lgan kunni eslaysanmi?... O‘sha kuni baxtli kunlarim tugagan ekan...