Sanatoriyga dam olish uchun kelgan odam xonasiga joylasha turib, sherigidan so‘rabdi:
— Bu yerni ovqatlari yaxshimi? Qorin to‘yadimi? - desa, sherigi:
— Bir bo‘lak non bersangiz aytaman, - dermish.
Ikkita qashshoq daydi ahlatxonada o‘tirishibdi.Biri:
— Eshitdingmi? Mamlakatda krizis boshlanibdi.
— Yo‘q eshitmadim. Krizis o‘zi nima u?
— Krizis bu... masalan seni boy odamlardan tanishing bormi?
— Yo‘q!
— Endi bo‘ladi!
Bir kuni o‘rmon hayvonlari armiyaga bormoqchi bo‘lishibdi.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun birinchi bo‘lib quyon kiribdi. Hafa bo‘lib qaytib chiqibdi.
Ayiq so‘rabdi:
— Nima bo‘ldi quyonvoy?
Quyon:
— Olishmadi. Oldimdagi ikkita tishim uzun ekan... Kel ayiqvoy, seni oldingdagi ikkita tishingni sug‘urib tashlaymiz. Seni armiyaga olishadi.
Ayiq tishlarini sug‘urib, ko‘rikka kirib ketibdi. Birozdan so‘ng "Qani quyon?" deb baqirib chiqibdi.
Hayvonlar:
— Ha nima bo‘ldi? - deyishsa, ayiq:
— Meni oyoqlarim qiyshiq ekan. Tishlarim emas, - degan ekan.
Bir ayol derazadan qarab turib, ro‘paradagi uyda kir osib chiqayotgan qo‘shnisini ko‘rsatib:
— Adasi, qarang! Anavi ayol kirlarni chala yuvar ekan, - debdi.
Eri indamabdi. Ertasiga, indinga yana shu holat takrorlanaveribdi. Uchinchi kuni xotini derazadan qarab:
— Hayriyat-yey, anavi ayol bugun kirlarni tozza yuvibdi, - desa, eri:
— Yo‘q, men ertalab derazalarimizni artib qo‘ydim, - dermish.
— Zavodga ishga kirgan edim. Birinchi ish kunimdayoq jarohat oldim.
— Qanday qilib?
— Alisher, bolg‘ani tashlab yubor! - deb tepadagilarga baqirgandim... Keyin bilsam zavodda 20 ta Alisher ishlar ekan.
Bir bemor shifokorga kelib:
— Yordam bering. Meni qulog‘im og‘riyapti. Narigi xonadagi vrachlar qulog‘ingizni kesamiz deyishyapti...
Shifokor:
— Tavba, nega unday deyishadi. Qo‘rqitib yuborishibdi-ku sizni!!! Men sizga bir dori beraman. Uch kun ichasiz.
Bemor:
— Keyin kesishmaydimi qulog‘imni?
Shifokor:
— Yo‘q. Quloqlaringiz o‘zi uzilib tushadi...
Abonent yigit qizga SMS yozyapti:
"Menga turmushga chiqing!"
Yigitga SMS kelibdi:
"Hisobingizda mablag‘ yetarli emas. Iltimos hisobingizni to‘ldirish uchun Rossiyaga borib ishlab keling!".
Bayramni ertasiga boshliq hamma xodimlarni majlisga yig‘ibdi. Kayfiyati yo‘q, avzoyi buzuq, xodimlarga qarab:
— Kecha bayramda kim ichdi? - deb savol bersa, hech kim indamabdi. Boshliq yana:
— Yana bir marta so‘rayman, kecha kim ichdi? Yana hamma jim.
— Oxirgi martta so‘rayapman. Kecha kim ichdi, - desa, bir xodim o‘rnidan turib, qo‘rqib:
— Men ichgandim, - desa, boshliq
— Siz men bilan yuring! "Bosh og‘riq" qilamiz. Qolganlar ishini qilsin! -dermish.
Oldinlari qizlar meni orqamdan rosa yugurishardi. Hatto ba’zilari uyimgacha quvlab kelardi. Hozir bo‘lsa yugurishmay qo‘yishdi. Chunki qizlarni sumkasini o‘g‘irlamay qo‘ydimda.
Tog‘da yashaydigan bir odam zebra sotib olibdi va qo‘shnilariga maqtanish uchun zebrani minib qishloqni aylanib yursa, bitta qo‘shnisi:
— Men ham minib ko‘rsam maylimi? - deb so‘ragan ekan,
— Mayli, - deb, unga zebrani beribdi. Qo‘shnisi zebrada bir aylanib kelib:
— Inomarka baribir boshqacha-da... - dermish.