— Azizim, men bilan tanishmasingizdan avval, kimnidir parvarish qilganmisiz?
— Ha, qishloqda, sigirlarni parvarishlaganman.
Bir tanishim gapirib berdi. U ishxonada biror qiyinchilikka duch kelsa, cho‘ntagidan xotinini suratini olib, qarab qo‘yarkan-da, darhol tinchlanarkan.
Xotinini suratiga qarab shunday der ekan:
"Yetti yildan beri shu shallaqi, janjalkash, vaysaqi bilan yashab kelyapman-ku, ishxonadagi qiyinchiliklar buni oldida nima bo‘pti?! Hammasi joyida!"
Ayolga vrach:
— Sizda ortiqcha vazn bor! - desa, ayol:
— Ortiqcha emas, zahiradagisi! - dermish.
— O‘g‘lim, onang seni kundaligingni tekshirishimni tayinladi!
— Adajon, axir yuragingizni mazasi yo‘q-ku!
— Faqat sen menga qayg‘urasan, o‘g‘lim...
Havoni qara sovuqligini. Huddi seni istarangni eslatadi-ya...!
Ko‘chadagi e’lonlardan biri:
"Eringiz remont qilgan jihozlarni tuzatib beramiz!" - rosa kuldim, lekin ehtimolshart telefon raqamini yozib oldim.
Hind kinolaridagi qahramonlardan o‘rnak olish kerak! Bir talay muammosi bo‘la turib, ashula aytib, raqs tushib yurishadi-ya...
Er-xotin janjallashib qolishibdi.
Xotin:
— Ming la’nat sizga! G‘irt ahmok ekansiz!
Er:
— Ha, bo‘lmasa senga uylanarmidim...?!
O‘g‘li kechqurun o‘qishdan yangi avtomobil haydab kelganini ko‘rgan ota:
— Qayerdan olding buni? - deb so‘rabdi.
— Ko‘chada bir ayol ikki ming so‘mga sotdi, - debdi.
Otasi:
— Esing joyidami? Kim mashinani ikki mingga sotadi?, - desa, o‘g‘li:
— Bir ayol deyapman-ku! Uni eri jazmani bilan ketib qolibdi. Xotiniga esa, — Menga tegishli hamma mol-mulkni sotib, pulini menga jo‘natib yubor!, - debdi.
Aytganday, sizlarga to‘rt xonali uy sotib oldim, besh ming so‘mga!
Bekatdan qo‘zg‘algan avtobus ortidan bir ayol yugura boshlabdi:
— Avtobusni to‘xtating! Ishga kech qolyapman...
Avtobusga yetib olgan ayol:
— Marhamat qilib, chiptalaringizni ko‘rsating!!!