— Bilmayman ustoz. Men tug‘ilganimda hech kim yo‘q edi. "Sut va ovqat muzlatkichda. Men ishga ketdim. Onang." degan yozuv bor edi xolos.
— Nima qilasan sirkda? Har kuni yangiliklarni o‘qib tursang, shuni o‘zi yetarli!
— Yurak urishingiz me’yorda. Qon bosimi ham yaxshi.
Bemor:
— Rahmat doktor. Demak men sog‘lom o‘lyapman.
— Azizim, 20 yildan beri menga biror martta ham bunaqa zo‘r kofe tayyorlamagansiz...
Er:
— Kofeni joyiga qo‘y! O‘zimga damladim!
Ishxona to‘la o‘g‘ri va qallob. Ishdan bo‘shatay desa, hammasi tanish-bilishlari...!

Apreldan buyon tuppa-tuzuk taqib yurgan bir marttalik maskamni iplari uzilib ketsa bo‘ladimi...!
— Hoy qiz, tushib qoldi.
Qiz:
— Senikiyam tushib qolmasin, osilib turibdi-ku!
Yigit:
— Nimani aytyapsan? Seni puling tushib qoldi.
Qiz:
— Kaliting shimingni orqa tarafida osilib turibdi. Shuni aytgandim.
— Nima uchun farzandlaringizni sochiga oq tushgan?
— Chunki men ularga kechqurun ertak emas, soliq kodeksini o‘qib beraman.
Piyonista sigaret qutisidagi qolgan hamma sigaretlarni yerga tashlab "Boringlar, anavi daydini olib kelinglar" debdi.





