Ayol:
— Bosib ko‘rsam bu yerim og‘riyapti
Doktor:
— Bosmasangiz og‘rimayaptimi?
Ayol:
— Yo‘q
Doktor:
— Unda bosmang. Sizdan 30 ming so‘m
Bir kuni afandini urushga olib ketishibdi.
Borgan kunining ertasidan boshlab uch kun urush bo‘libdi va urush tugabdi.
Oradan yillar o‘tib afandini nevarasi so‘rabdi:
— Buvajon, urush qanday bo‘lgan?
— E, birinchi kuni biz nemislarni rosa quvladik. Ikkinchi kuni nemislar bizni quvladi. Uchinchi kuni esa o‘rmon qorovuli kelib hammani quvdi... - javob beribdi afandi.
O‘zbek, qirg‘iz va qozoq yigitlar Rossiyaga ishlagani borishibdi.
Ish beruvchilar ularga kunlik norma belgilashibdi. 1 kunda 100 ta daraxt arralashni topshirishibdi va qo‘llariga benzopila berishibdi..
O‘zbek va qirg‘iz yigit normani bajarib bo‘lib, ketayotishsa qozoq yerda holdan toyib yotgan ekan.
O‘zbek bilan qirg‘iz yigit unga yordam bermoqchi bo‘lib benzopilani yoqishsa, qozoqni ko‘zi ochilib ketibdi. O‘rnidan sakrab turib:
— Iye, bu arrani tishi aylanarmidi??? - dermush.
Boshliqni yoniga kirgan kotiba debdi:
— Korxonamiz hisobidan menga isitgich olib berilsa, moliyaviy ahvolimiz yomonlashib qolmaydimi?
Boshliq:
— Yo‘q, albatta.
Kotiba:
— Unda menga mo‘ynali palto olib berishlarini buyursangiz...!
Bir bolakay o‘rtog‘iga maqtanibdi:
—Meni dadam seni dadangga qarz bergan.
O‘rtog‘i javob qaytaribdi:
— Lekin dadang meni dadamdan o‘sha qarzini ololmay yuribdi-ku!
Qimmat restoranga kirgan xo‘randa yoniga ofitsiant kelib so‘rabdi:
— Nima buyurtma berasiz?
Xo‘randa ofitsiant uzatgan menyuni sekin yopib:
— Siz menga nima tavsiya qilasiz? - desa, ofitsiant past ovozda pichirlab:
— Fursat borida bu yerdan qochib qolishni tavsiya qilaman, - degan ekan.
Afandini eshaklari ko‘p ekan. Ularni beshtasini tanlab bozorga sotishga olib ketibdi. Yo‘lda charchab bittasiga minib olibdi. Endi eshaklarini sanab qarasa to‘rtta ekan. Afandini rosa boshi qotibdi. Oxiri eshagidan tushib yo‘qolgan eshagini izlay boshlabdi. Izlab-izlab yana yo‘qolmadimikin deb eshaklarini sanab ko‘ribdi. Sanasa beshta chiqibdi.
Praporshik vzvod askarlarini safga tortmoqda.
— Saflan! Tekislan! Rostlan!
— Safda turgan askarlardan biri qo‘l siltabdi.
— Oddiy askar Ivanov! - qichqiribdi praporshik, - Nima uchun burningizni qashlayapsiz?
— Chunki burnimga pashsha qo‘nib oldi.
— Nima qilibdi? Men «Rostlan» komandasini berdim-ku!
— Huddi shunday, o‘rtoq praporshik. Biroq pashsha komandangizni pisand qilmay burnim ustida shahdam qadam tashlashni davom ettiraverdi-da.
Bir kuni er-xotin gaplashib o‘tirib eri debdi:
— Xotin sen erkak bo‘lganingda nima qilar eding?
Xotini:
— O‘zingiz-chi? - dermish.
Jinnilar baland joyga chiqib, konserva bankaga kalla tashlayotgan ekan. Bitta jinni ikkinchisiga:
— Bankani ozgina surib qo‘y! Boshi yorilib o‘lsin, - dermish.