Qari boy olamdan o‘tibdi. Farzandlari otasining o‘limidan so‘ng notarius yoniga borib, vasiyatnomani o‘qishibdi:
"Men, falonchi falonchiboyev sog‘lig‘im va aqlim joyida paytimda, hech kimning ta’ziqisiz, o‘z xohishimga ko‘ra o‘limim oldidan bor boyligim va hamma yiqqan-tergan pullarimni ishlatib yubordim!"
— Rahbarlik lavozimidan ketganingdan keyin, nima bilan shug‘ullanmoqchisiz?
— Bu qanaqa savol?! Odam o‘lganidan keyin ham ishlarmidi?!
Xotin eriga debdi:
— Dadasi, polni tuzatib bering.
Eri:
— Men senga ustamidim?! - debdi.
Xotini yana:
— Tandirni suvab bering, - desa er:
— Men senga suvoqchimanmi?!
— Chiroqni tuzatib bering.
— Elektrikmanmi?! - deb ishga ketibdi er.
Kechqurun ishdan qaytsa, hamma ishlar qilingan.
— Kim suvadi? Kim chiroqlarni tuzatib qo‘ydi? - desa, xotini:
— Qo‘shnimiz Alijon aka, - debdi.
— Nechi pul oldi? - so‘rabdi eri.
Xotini:
— Pul olmadi. Xursand qilsangiz bo‘ldi dedi, - debdi.
Shunda eri:
— Qaysi ashulani aytib xursand qilding? - deb so‘rasa, xotini:
— Men sizga ashulachimidim?! - dermish.
Er-xotin restoranga kirishibdi. Xotini restoranning bir burchagidagi stolda aroq ichib o‘tirgan yigitni ko‘rsatib eriga debdi:
— Qarang, shu yigitni men 5 yil avval tashlab ketgan edi. Hanuzgacha ichib yuribdi.
Eri ishongisi kelmay:
— Qo‘ysang-chi, hech kim bunchalik uzoq nishonlamaydi-ku...!? - degan ekan.
Boshi qotgan bir erkak do‘stiga:
— Bugun xotinimni tug‘ilgan kuni. Nima sovg‘a qilsam ekan? - debdi.
Do‘sti:
— Uyga mast holatda bormasang bo‘ldi. Sovg‘a - shu!
Erkak o‘ylanib turib:
— To‘g‘ri, xotinimni yubileyi har holda...!
Bir kuni hayvonlar sigirdan so‘rashibdi:
— Ayt-chi, sen aqillimisan yoki echkimi?
— Albatta men! Mana masalan, katta yo‘ldan o‘tayotganda men har tarafga qarab, keyin o‘taman, - debdi sigir.
— Echki-chi? – deyishibdi hayvonlar.
— U bo‘lsa molga o‘xshab o‘tib ketaveradi, - javob beribdi sigir.
Kunlarning birida Afandi xotiniga dedi:
— Men majlisga boraman, kech qolsam kerak, darvozani berkitib yotaveringlar.
— Yaxshi, siz kelguncha zerikib o‘tirmay teatrga bora qolaman, - dedi xotini.
— Nima, teatrga? Kim bilan?
— Albatta majlisga bormagan odam bilan-da!
Qaynona yangi tug‘ilgan nabirasiga qarab turib keliniga:
— Umuman o‘g‘limga o‘xshamaydi, - desa, kelinini jahli chiqib:
— Oyijon, men sizga kseroks emasman! - dermish.
Tergovchi:
— Shu pichoqni taniyapsizmi?
— Ha, ha!
— Oxiri tanidizmi?!
— Tanimay bo‘ladimi? Siz uni menga 2 oydan beri ko‘rsatasiz...
Suqrotga:
— Qara, odamlar ortingdan seni haqorat qilishyapti, - deyishibdi.
Shunda Suqrot:
— Ortimdan bo‘lsa kaltaklashsa ham mayli, - degan ekan.