Odamlar bankomat oldida navbatda turishsa, orqadan bir kishi baqirarmish:
— Meni o‘tkazib yuboringlar! Bo‘lmasa hozir boshlaringni ustidan yurib ketaman!
Navbatda turgan bir kal odam quliga tuflab boshini silabdi-da:
— Yiqilib tushgin, - debdi.
Stomatologiya poliklinikasi yo‘lagida asabiylashib sigaret chekib yurgan vrachni uchratgan hamshira undan so‘rabdi:
— Nima bo‘ldi, tinchlikmi? Bemoringizni tishlari juda yomon ahvoldami?
Vrach asabiylashib debdi:
— Qani endi shunday bo‘lganida... Bemorimni hamma tishlari sog‘lom, lekin uni pullari ko‘p!!!
Shanba kunim sokin va yoqimli o‘tayotgandi. Bu shanbamas yakshanba ekanligini bilib qolmagunimcha...
To‘xtamasdan uzoq yugurgan odamga soyasi debdi: “Buncha shoshilasan!? Dam olaylik!
To‘yda onalar raqs tushayotganda o‘rtakash terminal ko‘tarib turganmish.
Bu holatni tushunmaganlar so‘rashibdi:
— Nimaga terminal ko‘tarib turibsiz?
Shunda o‘rtakash:
— Kimda agar qistirishga naqd puli bo‘lmasa, plastikda ham qabul qilaveramiz, - dermish.
— Sizni qo‘lingizdan hamma ish keladimi?
— Bo‘lmasam-chi!?
— Yaxshi, unday bo‘lsa, tish pastasini hammasini chiqarib tashlang! Hammasi chiqdimi?
— Endi esa hammasini qaytarib ichiga solib qo‘ying-chi?!
Er xizmat safariga keta turib, xotiniga debdi:
— Kompyuterimni aslo yoqa ko‘rma! Agar yoqsang, kayfiyating buzilishi aniq!
Tabiiyki, xotini kompyuterni yoqib ko‘rgan...
Er safardan qaytsa, ostonada g‘azab bilan xotin kutib turibdi.
— Kompyuterimga tegibsan-da baribir...!? – debdi er.
Xotini javray boshlabdi:
— Ha, kompyuteringizni yoqib, behayo suratlar, ma’shuqangizga yozgan xatlaringizni qidirdim. Shuncha vaqtim ketdi. Birortasini ham topa olmadim, umuman yo‘q!!!
— Shunga kayfiyating yo‘qmi?
— Ha!
— Men senga nima degandim!?
Bir kuni shayton bolalarini aylantirib yurgan ekan, yosh shaytoncha onasidan so‘rabdi:
— Oyijon, anavi o‘t yeb yurgan narsa nima?
— Bu sigir. U odamlarga sut, go‘sht beradi, - debdi onasi.
Yana biroz yurgach, shaytoncha onasiga debdi:
— Anavi nima?
— U tovuq. U odamlarga tuxum beradi. Go‘shtiham yeyiladi, - debdi shayton.
Uzoqda yurib ketayotgan odamlarni ko‘rib qolgan shayton bolasi:
— Anavi-chi? – debdi.
Ona shayton:
— Tez ketdik bu yerdan! Hozir bu odamzoti bir baloni boshlaydi-da, “Hammasi shaytonni ishi”, “Meni shayton yo‘ldan urdi” deb hamma aybni bizga ag‘daradi, - dermish.
Shifokor bemorga:
— O‘zingizni qo‘lga oling, hozir sal boshingiz aylanib, ko‘zingizni oldi qorong‘ulashadi... Xizmat haqi uchun 300 ming so‘m to‘lang!
Qurilishga yer so‘rab kelgan tadbirkor rahbarning ish stolida turgan ikkita yozuvga ko‘zi tushibdi:
“Chekish man etiladi” va “Pora olmayman”.
Tadbirkor sekin gap boshlabdi:
— Menga yer kerak. Tezroq qurilish boshlamoqchi edim. Bunga katta miqdorda pul ham yig‘ib qo‘yganman... Ammo, avval sizning ruxsatingiz kerak ekan...?
Bu gapni eshitgan rahbar “Chekish man etiladi” degan yozuvni sekin stolni tagiga olib qo‘yibdi-da:
— Keling, avval chekib olsak-a? – degan ekan.