Bir kuni o‘zbek, rus, qozoq yigitlar yig‘ilishibdi. Uchchalasi kim o‘zi yoqtirgan narsani olib kelishga kelishishibdi! Har tarafga tarqab ketgan yigitlar, birozdan keyin qayta boshlabdi.
O‘zbek yoqtirgan do‘ppisini, rus esa buvisi to‘qib bergan paypog‘ini ko‘tarib kelibdi. Qozoq esa kech qolayotgan ekan.
O‘zbek bilan rus kim nima olib kelsa ham, uni sovg‘a qilib yuborishga kelishib olishibdi. Shu payt rus kulayotgan ekan, o‘zbek:
— Ha, nima bo‘ldi? - desa,
— Qara, qozoq xotinini olib kelyapti, - dermish.
Er va xotinning ajrashib ketishiga faqat er sababchi emas! Unutmang, qars ikki qo‘ldan chiqadi. Qaynona-chi, u ham aybdor!
Agar dollaring bo‘lsa, qarindoshing yoki tanishingga sota ko‘rma!
Tez orada kurs o‘zgarishi bilanoq, so‘kish tagida qolib ketasan.
Xotinim sanatoriyadan qaytib kelgach, elektr hisoblagichga qarab, necha kun uyda tunamaganimni aniq aytib berdi.
— Dugonajon, hali-yam turmushga chiqmadingmi?
— Yo‘q. O‘zimni eng yaxshi yigitga asrab yuribman!
— Uzoq asrab yuraverma! Yaroqlilik muddati o‘tib ketmasin tag‘in!
Ona qizidan so‘rabdi:
— Qizim, kechqurun xonangdan gumburlagan tovush keldi. Nima edi u?
— Kiyimlarim polga tushib ketdi.
— Kiyimlaring shunday ovoz chiqardimi?
— Men uni ichida edim-da!
O‘g‘il:
— Dada, onaning ko‘z-yoshi bilan, xotinning ko‘z-yoshi o‘rtasida qanday farq bor?
— O‘g‘lim, juda katta farq bor! Onaning ko‘z-yoshi yurakka ta’sir qiladi, xotinning ko‘z-yoshi cho‘ntakka!
Qizi maktabdan kelib dadasiga debdi:
— Biz bugun 2x2ni o‘rgandik.
Dadasi:
— Xo‘sh nechi bo‘lar ekan?
— To‘rt bo‘ladi.
Dadasi qiziga to‘rtta konfet bersa, qizi dermish:
— Voy, bilganimda 20 derdim...
Dunyodagi 95 foiz qizlar bir xil turdagi yigitni orzu qilishadi:
Ichmaydigan, chekmaydigan, oliyjanob, haddan ziyod tartibli, juda kelishgan, badavlat, quvnoq, farosatli, aqilli, ...
Lekin shuncha ijobiy xislatlari bo‘la turib, hanuzgacha bo‘ydoq yurgan yigitni hech kim ko‘rmagan...!
Bir qiz vrach yoniga kelib:
— Doktor, go‘zallik ham bir dard emish. Shu rostmi?
Vrach:
— Xotirjam bo‘lavering. Siz soppa-sog‘siz!