Rais ishchilarga majlis o‘tkazyapti:
— Matqobul, siz yana hayfsan oladigan ish qildingiz! - debdi ishchilardan biriga.
Jim o‘tirgan boshqa bir ishchi chiday olmay o‘rnidan turib raisga debdi:
— Rais tog‘a, nega hadeb shu Matqobilga bir narsalar beraverasiz?! Bizda-yam bola-chaqa bor! Bizgayam biror martta bering-da o‘sha hayfsandan. Biz ham olaylik!
— Albatta, xotinjon. Mana, uylandim-ku senga!
— Suzib o‘tolmaymiz shekilli.
— Suzib o‘tamiz! 50 metr qoldi.
— Suzib o‘tolmaymiz.
— Suzib o‘tamiz! 30 metr qoldi.
— Yo‘q! Aniq suzib o‘tolmaymiz!
— 10 metr qoldi. Balki suzib o‘tarmiz?! Ha, mayli orqaga qaytdik. Suzib o‘tolmaydiganga o‘xshaymiz...
— Savdogar bo‘laman ustoz!
— Nima uchun injener yoki o‘qituvchi emas?
— Injener bilan o‘qituvchini inomarka mashina haydaganini hech ko‘rganmisiz???
— Hoy ovsinjon, oldingizdan ikkita qop chiqdi. Birida to‘la oltin, ikkinchisida esa aql. Siz qaysi birini olardingiz? – desa, ovsini ham o‘zini ko‘rsatmoqchi bo‘lib:
— Men aql solingan qopni olardim, - desa, ovsini:
— Ha, kimga nima yetmasa shuni oladi-da...- dermish.
— Xotin, seni boringga shukur qilaman.
Xotin:
— Sababini ayting!
Er:
— Sababi, shu sen bo‘lmaganingda mahallada meni hech kim yaxshi tanimasdi...
— Yoshim 30 ga borib qoldi. Haligigacha turmushga chiqmadim...
— Ha... Kimnidir xudo asrayapti.
— Ayblanuvchi, oylik maoshingiz 500 ming so‘m bo‘lsa-yu, siz 2 qavatli uy, dalahovli qurishga pulni qayerdan olyapsiz?
Ayblanuvchi:
— Janob sudya, bu savolingizga javob berishim uchun menga vaqt kerak...
— Juda yaxshi. 7 yil yetadimi?





