Sovutgichda ikkita pomidor turibdi.
Birinchisi:
— Ux, ux, ux, sovuqni qara, — desa.
Ikkinchisi:
— Voy dod, gapiradigan pomidor, — dermish.
Restoranda quyon va bo‘ri suhbatlashib o‘tirishibdi. Quyonjon, senga maza, doim puling bor menda esa hech vaqo yo‘q, shuncha pulni qayerdan olasan?
— Menga pulni mashuqam beradi.
— Meniki esa bir tiyin ham bermaydi, debdi bo‘ri
— Eh, bo‘rivoy sen juda qo‘polsan, tirnoqlaring o‘tkir. Sen asta-sekin muloyimlik bilan xotiningni qo‘lini, qo‘lingni orqasi bilan silasang albatta pul beradi.
Bo‘ri shoshib uyga borsa, xotini uxlab yotgan ekan, sekin borib kaft orqasini silasa,
— Ha, quyonjon, puling tugadimi, debdi.
Bir boy keksayib qolganiga qaramay, Afandining qiziga ishqiboz bo‘lib qoldi:
— Jonginam, sizni sevib qoldim, suvga desangiz — suvga, o‘tga desangiz — o‘tga siz uchun kirishga tayyorman,— dedi u.
— Yerga kiring, desam-chi? — dedi qiz.
Fermer xotiniga:
— Xotinjon, bahorda atrof qanday go‘zal-a! Qaynonamni, opa-singillaringni, amma-yu xolalaringni qizlarini, dugonalaringni, xullas hamma ayol qarindoshlaringni uyimizga chaqir. Sizlarga tabiat qo‘ynida osh damlab bermokchiman, - desa
Xotini:
— Voy, o‘zimni mard erjonim-yey, bizni toqqa olib borasizmi, - desa
Eri:
— Qanaqa tog‘?! Kuzda ekib qo‘ygan 3 gektar piyozimni o‘t bosib ketibdi, dalaga piyoz o‘toqqa borasizlar, - dermish.
To‘rt ulfat oylik maoshini olib bir o‘tirib, ulfatchilik qilaylik deyishibdi. Ulardan yoshi kattarog‘i aytibdi:
— Kelinglar tanga tashlaymiz, agar tanga oldi tarafi bilan tushsa, saunaga borib bir miriqamiz, agar orqasi bilan tushsa qizlarni olib, toqqa chiqib, dam olib kelamiz, agar qirrasi bilan tushsa pivoxo‘rlik qilamiz, mabodo tanga yerga tushmay havoda muallaq turib qolsa, oyligimizni bir tiyinini ham sarflamay, xotinlarimizga olib borib beramiz! — debdi.
Parkda yigit bilan qiz quchoqlashib o‘tiribdi.
Qiz:
— Menga shunday ishonarli chin so‘zingizni ayting yuragim hayqirib ketsin,
Yigit
— Orqamizda dadang bilan ikkta milisa turibdi!
Ofisda:
— Nima qilay, kompyuterim printerni ko‘rmayapti!?
— Monitorni printer tomonga qaratib qo‘yishing kerak!
Onasi qiziga maslahat bermoqchi bo‘libdi:
— Qizim, ishxonangdagi Qodirjon degan yigitni ko‘zda qochirmagin...
— Oyi, nimalar deyapsiz?! Men 20 yoshdaman, u esa 40 da-ku!
— Nima bo‘pti!? Ammo uni 2 ta uyi, mashinalari, kattagina biznesi bor!
— Bundan tashqari oyijon, uni 4 ta bolasi, 3 ta xotini va 2 martta sudlanganligi ham bor!
2-3 yildan keyin umuman kasal bo‘lmasligimiz kerak. Chunki hozir onlayn o‘qigan talaba vrachlar institutni bitirib ish boshlashadi.

Qamoqda o‘tirgan erini ko‘rgani xotini kelibdi.
Eri:
— Nega shuncha vaqt meni ko‘rgani kelmading?
Xotini:
— Qamoqxona boshlig‘i bilan kelishdim.
Eri:
— Nimani kelishding?
Xotini:
— Agar u bilan birga bir martta tushlik qilsam, sizni qamoq muddatingizdan 6 oy ayirib tashlar ekan. Axir 25 yilga qamalgansiz-ku!
Eri:
— Xo‘sh?
Xotini:
— Nima xo‘sh!? Kettik uyga, siz ozodsiz!