Keliniga telefon qilgan qaynona so‘rabdi:
— O‘g‘lim qalay? Yaxshi yuribdimi?
Kelini:
— Ha. Har kuni mast bo‘lib yarim tunda uyga keladilar. Ishga bormayaptilar. Notanish ayollar telefon qilib gaplashib o‘tirishadi.
Qaynonasi:
— Xayriyat! Kasal bo‘lmasa bo‘ldi!
Darvoza oldida o‘tirgan bolani yoniga kelib so‘radim:
— Adang uydami?
— Ha uydalar, - dedi.
Darvozani uzoq taqillatdim. Hech kim ochmadi.
— Adam uydalar deysan. Darvozangni hech kim ochmayapti-ku, - desam, bolakay menga:
— Bilmiman, men bu yerda yashamayman. Lekin meni adam uyda edilar, - dedi.
Insonga alam qiladigan narsa nima bilasizmi?
Bir akaxonga mehr qo‘yib, doim yonida girdikapalak bo‘lsang-u, kutilmaganda o‘sha marazni egallab turgan lavozimidan bo‘shatib yuborishsa.
Shunaqa alam qiladi...
O‘g‘lini uxlatmoqchi bo‘lgan ota unga ertak ayta boshlabdi.
Bitta, ikkita, uchta, ... ertaklarni aytib tugatgach, eshik sekin ochilib onasini ovozi eshitilibdi:
— Uxlab qoldimi?
— Ha, adam uxlab qoldilar oyi!
Bir ayol dugonasiga eridan shikoyat qilayotganmish:
— Bunday ablah bilan yashashdan to‘yib ketdim. Ichadi, chekadi, uyda har kun janjal.
Dugonasi:
— U bilan ajrash, tamom! - debdi.
Ayol:
— Aslo unday qilmayman! U mendan qutulib mazza qilib yashasinmi?! - degan ekan.
Amerikalik milliarder Izraildagi mashhur advokatga SMS xabar yozibdi.
Meni odam o‘ldirganlikda ayblashayapti. Agar sudda yutib chiqsang 10 million dollar beraman, - desa, 2 minutdan keyin javob kelibdi:
— Uchta guvoh bilan yo‘lga chiqyapman.

— Men uydaman, siz qayerdasiz?
— Men majlisdaman.
— Iye, qanaqa majlis? Axir shifokorlar bir yerga to‘planmanglar deyapti-ku!
— Ha, biz odamlarni bir yerga to‘planmasligi to‘g‘risida majlis o‘tkazyapmiz.

— Seni orzuing bormi?
— Ha. Chekishni tashlashni xohlayman!
— Unda tashla!
— Keyin orzusiz nima qilaman?!

Rais ishchilarga majlis o‘tkazyapti:
— Matqobul, siz yana hayfsan oladigan ish qildingiz! - debdi ishchilardan biriga.
Jim o‘tirgan boshqa bir ishchi chiday olmay o‘rnidan turib raisga debdi:
— Rais tog‘a, nega hadeb shu Matqobilga bir narsalar beraverasiz?! Bizda-yam bola-chaqa bor! Bizgayam biror martta bering-da o‘sha hayfsandan. Biz ham olaylik!

— Dadasi, men uchun aqlga sig‘maydigan qahramonlikka qodirmisiz?
— Albatta, xotinjon. Mana, uylandim-ku senga!