Qishloqdan shaharga kelgan sodda bir odam ovqatlanish uchun kafega kiribdi. Menyuni ko‘rib chiqgach, ofitsiantga bitta gril buyurtiribdi.
Besh daqiqadan keyin ofitsiant choy, non va bir piyola sous olib kelibdi. Birozdan so‘ng ofitsiant grilni olib kelsa, haligi odam non bilan sousni yeb bo‘lgan emish. Ofitsiantni qo‘lidagi grilni ko‘rgach:
— Tovuq borligini oldinroq aytsang bo‘lmasmidi?! Men grilga to‘yib olibman, – dermish.
Kuyovjo‘ra kuyovdan so‘rayapti:
— To‘ydan keyin labingga uchuq toshib ketibdimi? Nimadan bunchalik qo‘rqib ketding...?
— E-ey, to‘yxonada qaynonam uchta bo‘lib qolganini ko‘rdim.
— Ular qaynonangni opa-singillari edi-ku...
Kasalxonada yotgan ikki erkak suhbatlashayotib:
— Siz kasalxonaga qanday tushib qoldingiz?
— Tomdan yiqilib tushdim.
— Ming la’nat! Sen ekansan-da meni boshimga tushgan!!!
Bir kuni Alovuddin yo‘lda ketayotib, sehrli chiroq topib olibdi. Ishqalasa hech kim chiqmabdi. Chiroqdagi yozuvni o‘qisa:
"Man hozir sayohatdaman. Zarur bo‘lib qolsam www.latifa.uz saytidan topasiz" deb yozilgan ekan.
Shifoxonada:
— Jag‘ingiz qanday sindi?
— Ishda jarohat oldim.
— Uch joyidan sinibdi-ya o‘ziyam. Nima ish qilasiz?
— Ekskavatorchiman. Kecha ishdan qaytayotsam, yo‘ldagi kanalizatsiya qopqog‘i ochilib yotgan ekan. Birortasi tushib ketmasin deb, ekskavator cho‘michini tuynukka qo‘yib, uyga kirib ketdim. Ertalab kelib cho‘michni ko‘tarsam, kanalizatsiyadan uchta santexnik chiqib kelishdi...
— Kecha qizalog‘im bilan mushukchani rasmini chizgandik, bugun hovlimizga qayerdandir mushuk bolasi kirib olibdi.
Bugun o‘tirib, Malibu avtomobili, ikki qavatli dalahovli va tilla bilakuzuklarni rasmini chizmoqchimiz...
— Allo, adasi, qayerdasiz?
— Bekatda, avtobus kutyapman...
— Tezroq keling!
— Xo‘p, sal tezrok kutaman!
— Qayerdasan og‘ayni?
— Ishdaman.
— Ishdan keyin nima qilmoqchisan?
— Nima qilardim? Pensiyaga chiqmoqchiman.
— Salom o‘rtoq! Bandmasmisan?
— Yo‘g‘-ye, bo‘shman, ishdaman!
— Do‘stim, eshitishimga qaraganda, qizing fortepiano chalishni o‘rganayotgan emish. Xo‘sh, muvaffaqqiyatlar qanday?
— O-o, gap yo‘q! U tufayli ikkita qo‘shnimning hovlisini arzon-garovga sotib oldim.