Ikkita bezori yarim tunda avtobus saroyiga o‘g‘rilikka tushishni rejalashtiribdi.
Manzilga yetib kelgach, biri debdi:
— Men ichkariga kirib avtobusni haydab chiqaman. Sen shu yerda qorovulni chalg‘itib tur!
— Xo‘p, - debdi sherigi.
Ichkariga kirib ketgan o‘g‘ri yarim soat o‘tsa ham chiqmasmish, bir soat o‘tsa ham chiqmasmish.
Oxiri tashqarida turgani sekin ichkariga kirib qarasa, sherigi avtobuslarni orasida anqayib yurganmish.
— Nima qilyapsan? Nega haligacha avtobusni haydab chiqmayapsan? – desa, sherigi:
— 17-avtobusni topa olmayapman. Bu yerda turganlari bizni uyimizga bormaydi-ku!? - dermish.
Yoshi bir joyga borib qolgan futbol ishqibozi bolalik xotiralarini gapirib bermoqda:
“Bir yoshligimizda jahon chempionatini oq-qora televizorda ko‘rar edik. Bir gal esimda, televizorimizni rangini oqartirib yuborsam, ekranda angliyaliklar ko‘rinmay qoldi. Ekranni sal qoraytirsam, maydondan nigeriyaliklar yo‘qolib qoldi”.
Lo‘li yigit mashina haydash bo‘yicha imtihon topshirmoqda.
Imtihon olayotgan GAI xodimi:
— Hozirgina qanday belgi o‘tib ketdi? – desa, lo‘li yigit:
— Misdan yasalgan ekan, ko‘rdim... – dermish.
Pingvinlarning qanotlari uchish uchun emas, shunchaki qanot bo‘lib turish uchun berilgan.
Ayrim odamlarga miyasiga o‘xshab...
Bir o‘g‘ri non do‘koniga o‘g‘rilikka tushganda, qo‘lga olinibdi.
Qamoqda rossa xursand bo‘lib o‘tirsa, yonidagilar so‘rabdi:
— Nega buncha xursandsan?
O‘g‘ri javob beribdi:
— Endi menga o‘zlari non berib boqishadi.
Ikki do‘st suhbatidan:
— Nima o‘qiyapsan?
— Gazetadagi maqola. Erini cho‘ntagidan pul o‘g‘irlaydigan xotin haqida ekan.
— Uni nima qilmoqchisan?
— Maqoladan nusxa ko‘paytirib, kiyimimning har bir cho‘ntagiga solib qo‘ymoqchiman.
Bir odamga kasalxonada zudlik bilan qon quyish kerak ekan. Hamma qarindoshlari qonlarini tekshirtirib ko‘rishsa, birortasini qon guruhi to‘g‘ri kelmabdi. Shunda bemorni ukasi bir odamni topib kelibdi. Uni qoni to‘g‘ri kelibdi.
— Seni qoning to‘g‘ri keldi. Avval qon berib chiqasan. Keyin bemor o‘ziga kelsa, pulni olasan, - deyishsa, haligi odam:
— Yo‘q, avval pulni beringlar. Qon berishga va’da beraman, - debdi.
— Qon topshirib turavergin. Juda shoshilinch! – deyishibdi.
Haligi odam:
— Meni qonimni olgan odam va’dasida turmaydigan bo‘lib qoladi, - dermish.
Bir qiz sevgan yigitiga debdi:
— Jonim, qachon menga mashina olib berasiz?
Yigit hayron bo‘lib:
— Bilishimcha, supurgida uchar edinglar. Mashinaga nima bor?! – dermish.
Ikki dugona uchrashib qolibdi:
— Qalaysan? Labingga nima qildi?
— Ari chaqdi.
— Ari chaqqanga o‘xshamaydi-ku?!
— Oyim arini tayoq bilan urgandilar...
To‘ydan keyin yigit qizga:
— Siz mendan avval ham boshqa yigitlar bilan yurganmisiz? - desa qiz jim bo‘lib qolibdi. Yigit ichida “Xafa qilib qo‘ydim, ko‘ngliga ozor berdim”, deb o‘ylab:
— Qo‘ying, jonim. Meni kechiring, - desa, qiz:
— Jim turing ... 76, 77, 78, ...