— Siz bu yerda nima ish qilasiz? - desa,
— Men Messiman, - deb javob beribdi.
Tekshiruvchi palataga kirib jinniga ham shu savolni beribdi.
— Men Messiman, - deb javob beribdi jinni.
Tekshiruvchi asabiylashib bosh vrachni yoniga kirib vaziyatni gapirib bersa:
— Ular gapiraveradi-da, aslida men Messiman, - dermish boshliq.
— Chekasizmi?
— Yo‘q.
— Ichasizmi?
— Yo‘q ichmayman.
— Jazmaningiz-chi bormi?
— Yo‘q, - desa, haligi er xotiniga qarab:
— Ko‘rdingmi, ichmagan, chekmagan, yurmagan erkakni ahvoli nima bo‘ladi?! - dermish.
— Sizningcha, birinchi bo‘lib, qaysi vahshiy jonivorlar paydo bo‘lgan?
— Ilk davrlarda Rektozavrlar paydo bo‘lgan. U o‘z zahira manbai qilib Dekanazavrlarni chorlay boshlagan.
— Dekanazavrlar nima bilan oziqlangan?
— Bu davrga kelib, Talabazavrlar dunyoga kelgan. Ular bir yilda ikki martta o‘z boshidan og‘ir kunlarni o‘tkazishgan.
Bu davr Sessionlik davridir. Bu davrda ko‘pchilik talabalar qirilib ketgan. Faqatgina chaqqon Talabazavrlar Tankazavrlar orqali jon saqlab qolishgan.
Negr, yapon va rus. Uchchalasi suzib, bir orolga borishibdi. Qarashsa, orolda bir yashik aroq turganmish. Uni ustiga esa "Tilak aytib ichsangiz, albatta bajo keltiriladi" deb yozilgan ekan.
Negr:
— Sog‘-omon uyga qaytishni istayman, - debdi-yu, ichib oroldan yo‘q bo‘lib qolibdi.
Yapon:
— Meni ham uyga qaytar, - deb ketibdi.
Rus esa aroqni olib:
— Bir yashik aroqni kim ichadi? Yapon va negrni qaytar, - deb ichib yuboribdi.
— Yaxshi qiz, yoshingiz nechida?
— Qiz bolani yoshini so‘rash odobsizlik...
— Unaqada, tug‘ilgan kuningiz qachon?
— 22 dekabrda.
— Qaysi yili?
— Ishonasizmi, har yili!
"Planshet sotaman. Arzon bahoda".
E’lon tagidagi birinchi izoh:
"Mavluda Azizovna, darsdan keyin qaytarib beraman degandingiz-ku!!!"
— Ovqatlanib oldingizmi? – debdi.
Eri bo‘lsa, xotinining jig‘iga tegib:
— "Ovqatlanib oldingizmi?" – debdi.
Xotin:
— Jig‘imga tegavermang?! – desa,
Eri yana:
— "Jig‘imga tegavermang?!" – deb, javob qaytaribdi.
Shunda xotin:
— Seni juda-yam sevaman. Tug‘ilgan kuningga tilla zanjir sovg‘a qilmoqchiman! – desa,
Eri:
— Ha. Ovqatlanib olganman... – dermish.
— Xo‘sh, yangi soatimiz necha bo‘ldi? – deb so‘rasa,
Soat o‘g‘risi:
— Sigir sog‘adigan payt bo‘ldi...! – degan ekan.
— Olimlarni aniqlashlaricha, erkaklar bir kunda 10 ming, ayollar esa 20 mingta so‘z aytishar ekan.
Xotini:
— Chunki biz ayollar tentak erlarimizga bitta gapni ikki martta takrorlashimiz kerak-da...
Eri:
— Nima deysan xotin???





