Nima uchundir barcha boshliqlar va nazoratchilar zaharlanibdilar.
Muhtojlardan birortasi ham zaharlanmabdi.
— Soat nechi bo‘ldi?! Shu paytgacha qayerlarda yuribsiz? - deb qo‘liga soatni ovolib javray ketibdi.
Eri xotirjam ovoz bilan:
— Ko‘p valdirama! Aks holda keyingi safar ko‘lingga kalendar olib gapirasan! - dermish.
— Oyi, nega bizni oyoqlarimiz katta va xunuk? Otni oyog‘ini qarang. Shunaqa bo‘lsa bo‘lmaydimi?
— Eh bolam, biz cho‘lda, qumni ustida yuramiz. Shuning uchun oyoqlarimiz shunaqa.
— Oyi, nega bizni belimizda o‘rkach bor. Tekis, chiroyli bo‘lsa bo‘lmasmidi?!
— O‘g‘lim, biz cho‘l hayvonimiz. O‘rkachimizni ichida suv va yog‘ saqlaymiz.
— Oyi, nega bizni lablarimiz bunaqa katta va qo‘pol?
— Chunki cho‘ldagi tikonlarni yeyishga mo‘ljallangan.
— Oyi, axir biz tug‘ilgandan beri zooparkda yashaymiz-ku!
— Seni qattiq sevaman.
— Bu gapni ko‘pchilik qizlarga aytgansiz!
— Demak, seni navbating ekan!
— Agar aroq ichmasangiz, umringizni ancha uzaytirasiz!
Bemor:
— To‘g‘ri aytasiz doktor! 1 hafta ichmagandim, 1 yildek tuyuldi.
— Men azaldan baxtsizlik olib kelganman. Mendan hamma qo‘rqadi, - debdi 13 raqami.
— Men kelgan yilimda vabo tarqalgan. Men omadsiz yil bo‘lganman, - debdi 1872 raqami.
— Men esa chechak kasalligi bilan kelib, ko‘pchilikni yostig‘ini quritganman, - debdi 1901 raqami.
Bir payt o‘rtaga 2020 raqami chiqibdi. Hamma jim bo‘lib qolibdi.
— Qaysi birini aytay?! - debdi u.
Judayam uyatchan qizlar uyalganidan ko‘ylaklarini etagi bilan yuzlarini berkitmoqdalar.
— O‘g‘lim, xolangni o‘pib qo‘y! - desa, bolakay:
— Yo‘q, uradilar! - debdi.
— Nega unaqa deyapsan o‘g‘lim? - debdi onasi.
— Adam o‘pganlarida bu xola urganlar, - dermish.





