Bir odam do‘kondan baliq sotib olgani borgandi, baliqlarning ichida bir qiyshiq baliq turganmish. Shunda haridor sotuvchiga qarab:
— Aka, nega bu balig‘ingiz qiyshiq desa.
— Ha, bu baliqni burilishda ushlaganmiz dermish.
Ikkita vrach suhbatlashmoqda:
— Bilasizmi, men bemorimda ultratovush tekshiruvi o‘tkazib shunday diagnoz qo‘ydimki, u 1 oydan ortiq yashamasa kerak deb o‘ylagandim. 1 yil o‘tdi, soppa-sog‘ yuribdi...
— Ko‘rdingizmi? Inson yashashni istasa, siz bilan meni diagnozlarim bir tiyin ekan.
— Allo, hayvonlarni himoya qilish jamiyatimi?
— Ha. Nima gap?
— Bu yoqqa odam yuborsangiz. Hovlidagi daraxtga pochtachi chiqib olibdi. Pastdagi itni haqorat qilyapti.

Bir tiyinsiz o‘tirmaslik uchun yonboshlab oldim.

Ertalab restoranga bir odam hovliqib kirib:
— Kecha kechqurun men shu yerda bo‘lganmidim? - debdi.
Ofitsiant:
— Ha, bo‘lgan edingiz, - debdi ofitsiant.
— Ikki yuz ming so‘mlik aroq ichib qo‘ydimmi? - so‘rabdi yana.
Ofiuiant:
— Ha, - debdi.
— Xudoga shukur-ey! Men pulimni yo‘qotib qo‘ydimmi deb qo‘rqib ketdim, - dermish.

Militsiya tayanch punktida erkak tushuntirish xati yozib o‘tiribdi:
"O‘ta kuchli psixotrop vositachilar ta’sirida edim..."
Ichki ishlar xodimi erkakka:
— "Vositachilar" deb emas "vosita" deb to‘g‘ri yozing!
Erkak:
— Yo‘q, bu yerda men xotinim va qaynonamni nazarda tutdim.

rivojlangan mamlakatlar korrupsiyaga qarshi kurashning ikkita usulini taklif qilishadi:
Birinchisi, Shveysariya usuli. Rahbarlik lavozimlari muddatini qisqartirish. Shunda korrupsiyaga ulgurmaydi.
Ikkinchisi, Koreya usuli. Umrni qisqartirish. Agarda mabodo korrupsiyaga ulgurgan bo‘lsa...!

— Bolaligingizda ota-onangiz qaysi brenddagi kiyimlarni olib berishgan?
"Akangdan qolgan kiyimlarni kiyasan!" degan brenddan kiyintirishgan.
Institutda kursdoshlarim mendan saqich so‘rayvergan edi, bo‘shagan dori idishiga saqichlarimni solib oldim.
O‘qituvchi Azizjondan so‘radi:
— Sen katta bo‘lsang kim bo‘lasan?
Azizjon:
— Kambag‘al bo‘lmoqchiman.
O‘qituvchisi:
— Nega? Axir bu yaxshi emas-ku!
Azizjon:
— Chunki dadam ikki qavat hashamatli uylar, qimmatbaho mashinalarni yonidan o‘tayotib, "Qara o‘g‘lim, kambag‘allarni uyi ekan..." - deydilar.