Qiz yigitiga:
— Nega behayo saytda o‘tiribsiz?
Yigit:
— Nima deyapsan? Bu seni instagraming-ku!
— O‘qituvchi xalqi juda-yam sodda, nima desang o‘shanga ko‘naveradi. Ishonmasang sinab ko‘ramiz, - deyishibdi.
Bir kuni hamma o‘qituvchilarni yig‘ib:
— Bugun soat 14:00da sizlarni dorga osamiz. Kelish majburiy! - deyishibdi.
Aytilgan vaqtga yetib kelgan o‘qituvchilar birortasi ham indamasmish.
— Ana ko‘rdingmi, bularga baribir. Bittasi ham qarshi chiqmaydi. Nima desang ham ko‘naveradi. Chopiqqa ham, qurilishga ham, dalaga ham, ko‘cha tozalashga ham yo‘q demay ketaveradi. Qara hech biri indamayapti, -deb turishsa, bitta o‘qituvchi asta qo‘l ko‘taribdi.
— Hayriyat! Ana bor ekan-ku, o‘z huquqini biladigani. Qani, marhamat gapiring! - deyishsa, qo‘l ko‘targan o‘qituvchi:
— Bir nimani so‘rasam bo‘ladimi? – debdi.
— So‘rang, eshitaman.
— Osish uchun ipni o‘zlaring berasizlarmi yoki o‘zimiz bilan olib kelaylikmi? - dermish.
Bir qiz dugonasiga:
— Bu ko‘ylak qomatingga yarashmaydi. Sen to‘lachadan kelgansan! – desa, dugonasi hafa bo‘lib:
— Shuni yuzimga aytishing shartmidi?! – debdi.
Qiz bo‘lsa:
— Voy uzr! Seni bundan xabaring yo‘qmidi? – dermish.
Mototsikl ustasiga mijoz kelib debdi:
— Shu mototsiklimni tuzatib bering.
— Xo‘sh, nima kasali bor? – so‘rabdi usta.
— Ertalab 15 marta tepib o‘t oldiraman. Mototsikl degani 1 ta tepsa yonish kerak-k?! – debdi mijoz.
— Ha, unda kechqurun 14 marta tepib yoting. Ertalab 1 ta tepib haydab ketaverasiz, - dermish usta.
Talaba bu - ...
— O‘zi makaron, gorox sho‘rva ichsa ham, sevgan qizini qimmat kafelarga olib boradigan jentelmen!
— Hech bir fandan daftar tutmasdan, 150 ming so‘mlik portfel ko‘tarib yuradigan, ichida yo‘l kira uchun 1400 so‘m solib qo‘yadigan 120 ming so‘mlik klach sotib oladigan olifta!
— 6 oy umuman dars qilmasdan, bir kecha-kunduzda 6 oylik ma’ruzani ko‘chirib chiqa oladigan professor!
— Hisobidan bir sent bo‘lmasa ham, eng so‘nggi rusumdagi Iphone ishlatadigan boyvachcha!
— Dars qilib o‘tirib ham quloqchinlarda ashula eshitadigan, ham ma’ruzani ko‘chiradigan, ham internetda o‘tirib yozisha oladigan Yuliy Sezar!
— Atigi 400 ming so‘m stipendiya olib, 10 million so‘m kontrakt to‘laydigan sahiy odam!
Telefonni ushlab uxlaydi.
Telefonni ushlab ovqatlanadi.
...ga ham telefon bilan kirib-chiqadi.
Qo‘ng‘iroq qilsang ko‘tarmaydi. Eshitmay qolganmush...
Ikkita bezori yarim tunda avtobus saroyiga o‘g‘rilikka tushishni rejalashtiribdi.
Manzilga yetib kelgach, biri debdi:
— Men ichkariga kirib avtobusni haydab chiqaman. Sen shu yerda qorovulni chalg‘itib tur!
— Xo‘p, - debdi sherigi.
Ichkariga kirib ketgan o‘g‘ri yarim soat o‘tsa ham chiqmasmish, bir soat o‘tsa ham chiqmasmish.
Oxiri tashqarida turgani sekin ichkariga kirib qarasa, sherigi avtobuslarni orasida anqayib yurganmish.
— Nima qilyapsan? Nega haligacha avtobusni haydab chiqmayapsan? – desa, sherigi:
— 17-avtobusni topa olmayapman. Bu yerda turganlari bizni uyimizga bormaydi-ku!? - dermish.
Yoshi bir joyga borib qolgan futbol ishqibozi bolalik xotiralarini gapirib bermoqda:
“Bir yoshligimizda jahon chempionatini oq-qora televizorda ko‘rar edik. Bir gal esimda, televizorimizni rangini oqartirib yuborsam, ekranda angliyaliklar ko‘rinmay qoldi. Ekranni sal qoraytirsam, maydondan nigeriyaliklar yo‘qolib qoldi”.
Lo‘li yigit mashina haydash bo‘yicha imtihon topshirmoqda.
Imtihon olayotgan GAI xodimi:
— Hozirgina qanday belgi o‘tib ketdi? – desa, lo‘li yigit:
— Misdan yasalgan ekan, ko‘rdim... – dermish.
Pingvinlarning qanotlari uchish uchun emas, shunchaki qanot bo‘lib turish uchun berilgan.
Ayrim odamlarga miyasiga o‘xshab...