— Imtihonlar qalay bo‘ldi o‘g‘lim?
— Yaxshi ada. Narxlar oshib ketibdi.
Pepsi bilan Fanta urishib qolibdi.
Fanta jahl bilan Pepsiga "Koladan tarqagan!" dermish.
Niqob taqib yurgan odamni yoniga bittasi kelib debdi:
— Koronavirus uzoqqa cho‘zilmaydi.
— Nega? - debdi haligi odam.
— Xitoyliklarni ishlab chiqargan narsasini bilasan-ku... - degan ekan.
Talaba burga ustida tajriba o‘tkazmoqchi bo‘lib, uni stol ustiga yotqizib qo‘yib, buyuribdi:
"Sakra!"
Burga sakrabdi. Talaba uni tag‘in tutib, bir oyog‘ini uzib olib, so‘ng stolda qo‘ydi-da, - "Sakra", - debdi:
Burga bu safar ham sakrabdi. Talaba uni yana tutib olib, qolgan oyog‘ini ham uzib tashlab:
"Sakra!" debdi.
Burga qimirlamay turaveribdi. Shunda talaba daftariga yoza boshladi: “Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, burganing quloqlari panjasida bo‘lar ekan. Agar oyoqlaridan judo etsangiz, u karga aylanadi qoladi...
Bir kuni afandi baliq oviga boribdi, lekin xo‘rak olish esdan chiqibdi.
Qog‘ozga “chuvalchang” deb yozib, qarmoqni suvga tashlabdi. Birozdan keyin qarmoqni ko‘tarsa, qog‘ozni orqa tomoniga “baliq” deb yozib qo‘yilganmish.
Er xotiniga debdi:
— Onasi, bugun uyimizga yaqin do‘stimni mehmonga chaqirdim.
Xotini:
— Nima? Mehmon? Bola kasal, meni ishlarim boshimdan oshib yotibdi. Uyni ahvoliga qarab bo‘lmaydi. Muzlatgich bo‘m-bo‘sh! Bu kishim mehmon chaqirganmushlar...!
Eri:
— Shuning uchun ham chaqiryapman-da! Do‘stim bo‘ydoq. Oxirgi payt uylanish haqida ko‘p uylayapti. Biznikiga kelib uylangandan keyingi hayotini bir ko‘rib ketsin degandim...
Telefon qo‘ng‘iroqlarga javob bermagan o‘g‘ilga otasi xabar yozmoqda:
“O‘g‘lim, bitiruv imtihonlaring qalay o‘tdi? Javobingni kutaman!”
O‘g‘li javob yozyapti:
“Imtihon zo‘r o‘tdi! Ustozimga yoqdi. Kuzda yana takrorlashimni so‘radi!”
O‘g‘li otasidan so‘rabdi:
— Ada, menga besh ming bering.
Adasi bo‘lsa:
— Nima, to‘rt ming? Uch mingni nima qilasan? Senga ikki ming ham yetadi! Mana ming so‘m, - deb besh yuz so‘m bergan ekan!
Ona:
— Bolam, hovlidagi chelakda sut bor edi. Shuni olib kirgin.
Bola:
— Oyijon, chelakdagi sutga sichqon tushib qolibdi...
Ona:
— Voy, keyin nima qilding?
Bola:
— Sichqonni tutib olsin deb, sutni ichiga mushugimizni tashladim.
Hayoli parishon odam qo‘liga ko‘zgu oldida, tikilib turib, sherigiga dedi:
— Qara, negadir manavi bashara tanish ko‘rinyapti.
— Qani ber-chi!
Ikkinchisi ham ko‘zguga tikilib turibdi-da:
— E ahmoq, axir, bu menman-ku! – degan ekan.