Er-xotin xorijga dam olishga borishibdi. Mehmonxonaga kirishsa, xonada sichqon yugurib yurgan emish.
— Voy-dod, sichqon!, - baqiribdi xotini. — Tezroq ma’murga qo‘ng‘iroq qiling. Ingliz tilini bilasiz-ku axir!
Eri raqamni terib:
— Hallo (Salom)
— Hallo (Salom)
— Do uou know «Tom and Jerru»? (“Tom va Jerri”ni bilasizmi?)
— uyes, I do (Ha, bilaman!)
— Jerru is here. (Jerri shu yerda!)
Yarim tunda bir kishining telefoni jiringlab, go‘shakdan:
— Allo, bu hayvonlarni himoya kilish jamiyatimi?, - degan ovoz kelibdi.
Boyagi kishi g‘azabdan:
— Gapir eshak. Kim seni yarim kechasi xafa qildi?, - degan ekan.
— Sen ahmoqsan!
— Lekin go‘zalman!
— Buni senga kim aytdi?
— Sen!
— Shunga ishondingmi?
— Albatta!
— Ana, ahmoqsan-da.
— Lekin go‘zalman!
Bir kuni yotoqxonadagi talabalar o‘qishga ketishdan oldin bahs boylashibdi.
— Kelila tanga tashlaymiz, agar tanga to‘g‘ri tushsa kinoga, teskari tushsa futbolga, yerda tik tursa kafega, agar havoda tursa darsga boramiz — debdi.
Er xotiniga yalindi.
— 20000 so‘m ber…
— Yo‘q, bersam yana ichib qo‘yasan.
Kechqurun xotin ishdan kelib qarasa, uyda g‘ozlar yo‘q.
— Xoy, er, g‘ozlar qani?
Shirakayf er:      
— G‘ozlar janubga uchib ketishdi. Agar 20000 so‘m bermasang, qo‘ylar ham toqqa chiqib ketishadi.
Qurilishda ishlaydigan bir yigit doktorga boribdi.
— Doktor, yordam qiling. Ichim qotib qolganmi, bilmayman, hech hojatga chiqa olmayapman.
— Ho‘sh, qani shimingizni yechib engashingchi.
Yigit engashibdi. Doktor:
— Haaaaa, tushunarli, - deb xonasida turgan bir tayoq bilan yigitni ketiga qattiq uribdi:
— Ana endi choping hojatxonaga.
Biroz vaqt o‘tib, yigit xursand holda qaytib kelib:
— Doktor, sizga katta rahmat. Qushday yengil bo‘ldim. O‘zi nima bo‘lgan ekan, tushunmay qoldim.
— Hech narsa bo‘lmagan, faqat bundan keyin ish vaqtida hojatga borsangiz, ketingizni bo‘shagan sement qopiga artmang.
Afandining bir o‘rtog‘i kasal bo‘lib qoldi, uni ko‘rgani borish oldidan xotinidan maslahat so‘radi:
— Kasal ko‘rgani borganda nima deyiladi?
— Borib «ahvolingiz qalay?» deb so‘raysiz, u «shukur, yaxshiman» deydi, siz «xayriyat» deysiz, «ishtahangiz qalay, nima yegingiz keladi?» deb so‘raysiz, u ko‘ngli tortgan ovqatni aytadi, siz «undan ko‘proq yeb turing, men ham yanagi kelishimda olib kelaman» deysiz, qaytar vaqtingizda yaqin o‘rtoqlaringiz kelyapdimi» deysiz, u «ha, kelyapti» deydi, siz «xayriyat, kelib turishgan bo‘lsa yaxshi, men ham ko‘rinib qolishsa aytib yuboraman» deb kelaverasiz, — dedi xotini.
Afandi o‘rtog‘inikiga bordi, u og‘ir ahvolda yotar edi, Afandi undan so‘radi:
— Ahvolingiz qalay?
— Ko‘rib turibsizku, o‘ladigan bo‘lib qoldim.
— Xayriyat, — degan edi, kasal ijirg‘ilandi, Afandi so‘roqni davom ettirdi:
— Ishtahangiz qalay, nima yegingiz keladi?
— Ajalning urug‘ini!
— Ushandan ko‘p-ko‘p yeb turing, — taskin berdi Afandi, — men ham yanagi kelishimda undan olib kelaman.
Afandining bu gapidan asabi buzilgan kasal teskari qarab oldi. Nihoyat, Afandi yana so‘radi:
— Mendan boshqa o‘rtoqlaringiz ham ko‘rgani kelishyaptimi?
— Ha, Azroil kelyapti! — dedi achchig‘lanib kasal.
— Xayriyat, kelgani yaxshi, men ham ko‘cha-kuyda ko‘rinib qolsa, aytib yuboraman,— deb Afandi jo‘nab ketdi.
— Bilasanmi do‘stim, sen juda tarbiyali, kamtar, aqlli va xushchaqchaqsan!
Og‘ir-bosiq fe’ling ham bor. Ayniqsa qo‘ling ochiqligiga gap yo‘q!
— E, bilaman! Lekin bundan ko‘p zarar ko‘raman...
— Gap senda emas! Muhimi do‘stlaringga foydasi bor!

Taksida ona o‘g‘li bilan ketayotgan ekan. O‘g‘li haydovchidan ko‘zini uzmay qarayveribdi. Buni ko‘rgan haydovchi:
— Hoy bolakay, nega menga tikilib ketyapsan? – desa, bolakay:
— Yo‘lda yopiq turgan metan zapravkalarni ko‘rib siz ham adam aytgan so‘zlarni aytarmikansiz deb qarab ketyapman, - debdi.

Qamoqxonadagi ikki mahbus suhbati:
— Bu yerga nega o‘tiribsan?
— Yo‘talganim uchun.
— Qanday qilib?
— Yo‘talib yuborgan edim, qorovul uyg‘onib qoldi.