25 yoshga kirgan qizlarga gap ochishsa, "Yaxshi yigitmi?" degan savolni berishadi.
30 yoshga chiqganlarida esa "Yigit" deyishsa, "Qani? Qayerda?" deyisharkan.
— O‘qib, talabalikni oltin davrini topdingmi?
— Yo‘q, - javob beribdi talaba.
— Nonga puling qolmagan payt - o‘sha oltin davr bo‘ladi. Qolgani esdan chiqib ketadi, - degan ekan o‘qituvchi.
— Ada, ada! Men ertaga ona tilidan "5" baho olaman.
Otasi:
— Iye, buni qayerdan bilasan o‘g‘lim?
Bola javob beribdi:
— Bugun o‘qituvchimiz insho yozdirgan edilar. Men sinfimizdagi eng a’lochi qizdan ko‘chirib oldim.
Otasi:
— Nima mavzuda insho yozdinglar?
O‘g‘li:
— "Mening tarjimai holim" mavzusida, - dyebdi.
— Mening taqdirimni bilasanmi?
— Ha, bilaman, - debdi folbin.
Shohning jahli chiqib:
— Sen o‘z taqdiringni bilib olgin avval, - deb uning boshini tanasidan judo qilibdi.
Ikkinchi folbin shoh huzuriga kelibdi.
— Mening taqdirimni bilasanmi? - so‘rabdi shoh.
— Yo‘q, men sizni qachon o‘lishingizni bilaman.
— Qachon? - darg‘azab bo‘libdi shoh.
— Mening o‘limimdan ikki kun o‘tgandan keyin, - javob beribdi folbin.
"Hurmatli dadajon!
Berlin juda chiroyli shahar ekan. Odamlari ham yaxshi. Hamma ishlarim, o‘qishim joyida! Faqat bir muammo bor: men o‘qishga tilla Ferrari mashinamda kelaman. O‘rtoqlarim poyezdda kelishadi. Hatto o‘qituvchilarim ham. Shunga men ba’zida xijolat bo‘laman".
Otasidan javob keldi:
"Sevimli o‘g‘lim!
Xijolat bo‘lishingni istamayman. Seni hisobingga yetarlicha pul o‘tkazdim. O‘zinggga poyezd sotib ol! Bizni uyatga qo‘yma".
— O‘g‘lingiz Saiddan ko‘chiradi, - debdi.
Alini otasi:
— Balki Said Alidan ko‘chirgandir, - desa, o‘qituvchisi:
— Said imtihonda bilmayman deb yozibdi. Ali men ham bilmayman deb yozib qo‘yibdi, - dermish.
3 aprelda qo‘ng‘iroq qilib, — 1 aprel hazili edi...! - deydi.
Men esa yangi qiz bilan tanishib bo‘lgandim...
— Avtobus kelib to‘xtabdi. Shunda birinchi o‘zbek:
— Yo pirim deb, - avtobusga chiqibdi. Ikkinchisi chiqayotib:
— Yo Ali debdi. Uchinchi o‘zbek esa:
— Yo Muhammad, - deb chiqib ketsa, boyagi qarab turgan rus ichida "Bu yerda hamma ismini aytarkan, - deb:
— Yo Andrey, - deb avtobusga chiqib ketibdi.
1. Hozir Internetda o‘tiribsan.
2. Sen saytdasan.
3. Sen hozir buni o‘qiyapsan.
5. 4-band yo‘qligini payqamading.
6. Ana, tekshirib ko‘ryapsan.
7. Endi jilmayding.
latifa.uz sayti bilan hamisha kayfiyating a’lo bo‘lsin.
Eri ham bildirmasdan, taksiga o‘tirib, sekin o‘sha mashina orqasidan ketaveribdi.
Xotini borib, bir tungi klubga kirib ketibdi. Boyaga erkak taksichiga:
— Og‘ayni, anavi kirib ketgan ayol, mening xotinim bo‘ladi. Shundoq ichkariga kirgin-da uni olib chiq, istagan pulingni beraman, - debdi.
— Gap yo‘q, hozir olib chiqaman! - deb kirib ketibdi. Birozdan keyin taksichi bir ayolni qo‘lidan ushlab olib chiqib, — Aka, mana buni ushlang! - desa, er:
— Esing joyidami? Bu meni xotinim emas-ku! - debdi.
— Siz ushlab turing, qo‘yib yubormang! Bu mening xotinim. Hozir siznikini olib chiqaman, - dermish.





