Armanistonga yahudiy oilasi ko‘chib kelibdi.
— Xotin, qo‘shnilardan 2 dona tuxum olib tur, - debdi yahudiy.
Yahudiy xotin qo‘shniga chiqib 2 ta tuxum so‘rasa, qo‘shnisi tuxumlarni tarozida tortib berayotganmish.
— Nega tuxumlarni tarozida o‘lchayapsiz? - desa, qo‘shnisi:
— Qaytarib berayotganingizda ham o‘lcham olaman-da, - debdi.
Yahudiy xotin uyiga chiqib eriga:
— Ketdik bu yerdan! Tuxumlarni tarozida o‘lchab beradigan joyda bizga non yo‘q, - debdi.
Bir qiz dugonasidan so‘rayotganmish:
— Dugonajon, shamollab qolganingda nima qilasan?
Dugonasi javob beribdi:
— Shamollaganimda aksiraman, yo‘talaman ham...!
Ro‘molini niqob qilib o‘ragan ayoldan tibbiy niqob taqib olishni so‘rashdi. Suhbatning davomi:
— U niqob bilan bu niqobning farqi yo‘q-ku?!
— Siz ro‘molingizni har 2 soatda almashtirib yangilamaysiz-da!
— Men siz aytgan niqobni ham har 2 soatda hech kim yangilamayman...
Qani edi...:
Taksichi gapirmay ketsa.
Sartorashing har safar "Qanaqa qilib kesamiz?" deb so‘ramasa.
Bir timsohni uzunligi boshidan dumigacha 10 metr, dumidan boshigacha esa 7 metr chiqarmish.
Hafta kunlari ham shunday. Dushanbadan jumagacha 5 kun, jumadan dushanbagacha 3 kun.
— Oʻrtoq, eshitdingmi? “Alibobo va qirq qaroqchi” ertagini zamonaviy talqini chiqibdi.
— Yoʻgʻ-ye! Qanaqa ekan?
— Qaroqchilar boylardan olib qoʻygan tilla va mol-mulklarni oldida selfiga tushib, instagramlariga joylashayotgan emish.
Baklashkaga benzin quyayotgan erini ko‘rgan xotini undan so‘rabdi:
— Nima qilasiz buni?
— Mashinaga quyaman. Nima edi?
— Ha, mayli. Faqat hech kimga sepib yurmang-a... Juda tez yonadi!
— Eshitdingmi? Xumo degan yangi to‘lov tizimi chiqar emish.
— Yo‘q, eshitmadim. Yaxshi ishlasa bo‘ldi-da...
— Oldindan biror nima deyish qiyin. Avvallari Xumo lotereyasi bo‘lar edi. Ishqilib, bu Xumoni ishlash-ishlamasligi lotereya bo‘lmasa bo‘lgani...
Barcha ayollar erkaklarni quloqlari bilan sevishadi, o‘qlov bilan esa yomon ko‘rishadi.
Ortiq bilan Zokir baliq oviga chiqishibdi.
— Ortiqboy, shu suv parisi baliqmikin yoki ayolmi?
— Ha endi Zokirboy, bu suv parisini tutgan odamning xohshiga bog‘liq...
— Agar sizni qarmog‘ingizga ilinsa, nima qilardingiz?
— Nima qilardim? Qovurib yerdim.
— Ha... Odamni yoshi o‘tgan sari xohishi ham o‘zgarar ekanda-a???