Bolalar yozgi oromgohi. Guruh yetakchisi:
— Hammangiz qo‘l telefonlaringizni menga topshiring!!! - debdi.
Ertasi kuni tongda ko‘zi qizargan, kayfiyati yomon guruh yetakchisi chiqib kelib:
— Ablahlar! Hammangiz telefoningizni budilnigini yoqib beribsizlar-ku, tuni bilan navbatma-navbat jiringlab, umuman uxlatmadi. Soat 1:00, soat 2:00, 3:00, 4:00, ..., - dermish.
Yozuvchi va kitobxon uchrashuvi:
— Bugun sizni kitobingizni o‘qib tugatdim, - dedi kitobxon.
— Oxirgisinimi? – so‘rabdi yozuvchi.
— Shunday deb umid qilaman..., - degan ekan kitobxon.
Poyezdda yevrey va xoxol ketayotgan ekan. Xoxol sala yeb o‘tiribdi, yevrey esa selyodka. Bir payt yevrey xoxolga debdi:
— Salada hech narsa yo‘q, baliqda esa fosfor bor! Miyangga foydali! Mana ol, selyodkadan yeb ko‘rgin!
Selyodkani yeya boshlagan xoxol:
— Lekin, selyodka arzimagan pul turadi, sala esa falon pul!!! - desa, yevrey:
— Ana ko‘rdingmi? Bir tishlam selyodka yemasingdan, miyang ishlay boshladi!!!
Xotin eriga dedi:
— Azizim so‘z bering! Menga xiyonat qilgan bo‘lsangiz ham, hech qachon bu haqda menga aytmaysiz!
— Xo‘p xotinjon, aytmayman!
Xotin jig‘ibiyron bo‘lib:
— Xiyonat qildingizmi hali???
— Og‘ayni ko‘chaga chiqib qaragin, ikkita qiz seni deb janjallashishmoqda!
— Ko‘rdingmi?! Qanaqa zo‘r bolaman...! Meni deb qizlar bir-biri bilan urishib ketishadi...!
— Yo‘q, ular bir-biriga: Sen olib ket uni, o‘zing olib ket, menga-yam kerakmas! deyishyapti.
— Biznesimning omad kaliti - yulduzlarning yaxshi joylashganida, - debdi bir boy yigit.
— Qanaqa yulduzlarning joylashishi? - so‘rabdi do‘stlari xayron bo‘lib...
— Adamning yelkasidagi yulduzchalarni aytyapman! - degan ekan yigit.
Bir qiz dugonasini ko‘chada uchratib qolibdi.
— Ha dugonajon, nima bo‘ldi, kayfiyating yo‘q?
— E, gapirma, juda-yam semirib ketyapman!
— Ozg‘in paytingda tushgan suratlaring bormi?
— Ha, nima edi?
— O‘sha suratlarni ehtiyot qilib saqlab qo‘y! Kayfiyatingni tushirma, hech bo‘lmasa suratlaring bor ekan-ku!
Juda xasis boylardan biri taksidan tushgach, cho‘ntagini kovlashga tushibdi.
Bir payt o‘ziga-o‘zi shivirlab:
— Hamyonim taksiga tushib qolibdi shekilli, - desa haydovchi shu zahoti mashinani haydab ketib qolibdi.
Shunda boy kulib:
— Do‘stim to‘g‘ri aytgan ekan... - dermish.
— Do‘stim, ayt-chi, kimga uylanganim yaxshi? 45 ga kirgan boy bevagami yoki meni sevadigan oddiygina kambag‘al yosh qizgami?
— Albatta yosh qizga-da! Axir oilaviy hayotda eng zaruri – bu muhabbat emasmi?! Aytgancha, u beva kim? Nimaga men uni bilmayman? Qayerda yashaydi?
Xo‘roz oshxona derazasidan mo‘ralab, mikroto‘lqinli pech ichida pishayotgan tovuqni ko‘rib debdi:
— Anavi yerda jo‘jalari qarovsiz qolgan. Bu bo‘lsa o‘yin-kulgu qilib, arg‘imchoq uchib yuribdi...